REGOS

  • Bizning texnik yordam bo`limimiz yanada yaxshi va tezroq bo`ldi

    Aziz do`stlar!
    Biz Aprel oyida juda yaxshi ishladik va sizga shuni mamnuniyat bilan ma`lum qilamizki, bizning texnik yordam bo`limimiz yanada yaxshi va tezroq bo`ldi!

    Biz kompaniya ichidagi ichki jarayonlarni optimizatsiya qildik va quyidagi vazifalarni bajardik:

    1. Yangi qulay regos.uz saytni ishga tushirdik, bu erda siz bizning barcha kontaktlarimizni va hamkorlarimiz kontaktlarini topasiz.

    2. Regos.uz va easytrade.uz saytlarimizda onlayn chatni ishga tushurdik. Ushbu chatda operatorlarimiz bizning mahsulotlarimiz haqidagi har qanday savolingizga javob beradi.

    3. @regos_uzbot telegram bot qo`llab-quvvatlash xizmatini ishga tushirdik. Siz endi barcha texnik savollaringizni botga yo`naltirishingiz mumkin. Operatorlarimiz sizning muammoingizni tezroq hal qilishadi.

    4. Va eng muhimi, biz xizmat ko`rsatish sifatini oshirish uchun yagona Call-markazini ishga tushirdik:

    +998 55 501 00 30

    Bizning dasturlarimiz bilan ishlash bo`yicha har qanday savollaringiz bo`lsa, siz uchun qulay bo`lgan har qanday aloqa kanallaridan foydalangan holda biz bilan bog`laning! Sizni ko`rganimizdan har doim mamnunmiz!

  • Xushxabar berishga shoshilamiz!

    Bizning joriy va bo'lajak foydalanuvchilarimiz so'rovlariga binoan, dasturimizni tarjima qildik.
    Endilikda REGOS Xizmati o'zbek tilida mavjud.


    https://docs.regos.uz/ru/regos-sm/operations/settings-and-security/language

  • Onlayn NKM ga to'lov tizimlarini majburiy ulash

    Xurmatli foydalanuvchilar!

    O'zbekiston Respublikasi prezidenti 01.10.21 sana, 5252 sonli PQ muvofiq, to'lov tizimlarini onlayn nazorat-kassa mashinalariga bog'lanishi majburlangan.

    Shundan kelib chiqib, siz bilan shartnoma tuzulgan TXKMga murojat qilib, qoshimcha malumot olishingiz va keraklik sozlamalarni amalga oshirishlarini so'raymiz.

    To'lov tizimlarini virtual kassaga ulash ishlari masofadan va to'lov asosida amalga oshiriladi, xizmat narxi 80 000 so'm.

    Bizni kontaktlar:  regos.uz/uz/contacts

  • Raqamli markirovka

    Hurmatli tadbirkorlar!

    20-noyabr 2020 yil sanadan boshlab O’zbekiston Respublikasi hududida majburiy raqamli belgilash (markirovka) amal qilishni boshlaganligiga e’tiboringizni qaratmoqchimiz.
    Ushbu chora mahsulotlar sifatini oshirishga qaratilgan.

     Belgilash quyidagi mahsulotlar uchun majburiy:

    • Tamaki mahsulotlari 1-oktyabr 2022 yildan;
    • Alkogol mahsulotlari 1-yanvar 2021 yildan;
    • Pivo pishirish mahsulotlari 1-aprel 2021 yildan;
    • Dori va tibbiyot mahsulotlari 1-sentyabr 2022 yildan;
    • Suv va salqin ichimliklar 1-iyul 2023 yildan;
    • Maishiy texnika
    a) birinchi guruh 15-aprel 2022 yildan;
    b) ikkinchi guruh 1-avgust 2022 yildan;
    v) uchinchi guruh 1-noyabr 2022 yildan.

    REGOS: POS dasturiy ta’minoti REGOS: VCR bilan biriktirilgan holda majburiy belgilash talab etiladigan mahsulotlar bilan ishlash jarayonini tez va qulay amalga oshirishni ta’minlaydi. Mahsulotni chekga qo’shish uchun belgini skanerlash kifoya qiladi.

  • REGOS servisiga o'tish

     Foydalanuvchilar uchun chegirmalarni joriy qilganimizni mamnuniyat bilan ma’lum qilamiz!

    Bu bizning mahsulotlarga yanada qulay narxlarda ega bo’lishga ajoyib imkoniyat. Shu bilan birga bizning REGOS servisimizga o’tishni istagan boshqa dasturiy ta’minot foydalanuvchilariga maxsus chegirma taklif qilamiz. 

    Biz foydalanuvchilarimizni qadrlaymiz va mahsulotimizni iloji boricha ko’proq insonlar imkoni yetadigan qilmoqdamiz.

     Chegirmalar miqdori EasyTrade dasturiy ta’minotining mavjudligi va ishlayotganligi sharti bilan dastur o’rnatilgan sanadan o’tgan vaqtga bog’liq:

    30 kungacha chegirma 50%
    30 kundan 90 kungacha chegirma 35%
    90 kundan 180 kungacha chegirma 20%
    180 kundan oshgan bo’lsa chegirma 10%.

    Savdoni avtomatlashtirish boshqa dasturiy ta’minoti foydalanuvchilariga, chegirma miqdori qo’shimcha xizmatlar narxining 10% ni tashkil etadi.

     Chegirma faqat qo’shimcha xizmatlar uchun va tariflar narxiga amal qilmaydi. Aksiya muddati 01.05.2023 yil sanadan 31.12.2023 yil sanagacha chegaralangan.

  • "Regos" xizmatini avtorizatsiya qilish tartibi

    Hurmatli foydalanuvchilar!

    Sizga "Regos" servisida tizimga kirish tartibidagi muhim o’zgarish haqida xabar beramiz.

    Sizning qulayligingiz uchun biz login va parol kiritish orqali tizimga kirish usulidan zamonaviyroq va xavfsizroq bo’lgan, sizning telefon raqamingizga asoslangan usulga o’tdik. Endilikda tizimga kirish uchun siz o’z telefon raqamingizdan foydalanishingiz kerak bo’ladi.
    Bundan tashqari, biz yuklamani tahlil qilish, to’lovlar tarixini ko’rish va oyma-oy abonent to’lovini to’lash imkoniyatlarini yaxshilagan holda, billing bo’limiga ma’lum bir o’zgartirishlar kiritdik. Bu barcha funksiyalar REGOS: Online shaxsiy kabinetining yon menyusida mavjud.

    Bu o’zgarishlar bizning web-ilovamizdan foydalanish jarayonini yanada qulay qilishiga ishonchimiz komil.


    Agar siz Regos:Strore Management yoki Regos: Online tizimlariga kira olmayotgan bo’lsangiz va sizda “Noto’g’ri login yoki parol” xatoligi chiqayotgan bo’lsa, u holda siz parolni tiklash amaliyotini bajarishingiz kerak bo’ladi.

    Buning uchun bu (ссылка):
    https://regos.online/uz/reset_password
    havolaga o’tib, telefon raqamingizni kiritib, “Parolni o’zgartirish” ni bosing.

    Parolni o’zgartirganingizdan keyin siz Regos:Strore Management yoki Regos: Online tizimiga telefon raqamingiz orqali kirishingiz mumkin.

    Agar sizda biron-bir savollaringiz qolgan bo’lsa, iltimos, bizning qo’llab-quvvatlash xizmatimizga murojaat eting. @regos_uzbot

    Hurmat ila,
    REGOS Software.

  • Sizga EasyTrade dasturining yangi 1.83.4 versiyasi chiqqani haqida xabar beramiz

    Versiyaning asosiy yangiliklari:

    1. Markirovkani skanerlash orqali markirovkalangan mahsulotni sotish;
    2. Sotilgan nomenklaturani fiscal chekning QR kodi yordamida qaytarish.

    O`zgarishlarning to`liq ro`yxatini o`zgarishlar sahifasida topishingiz mumkin:  https://easytrade.uz/change

    ✅ Dasturning yangi versiyasini quyidagi havoladan yuklab olish mumkin: https://easytrade.uz/download

    Dastur sayti: https://easytrade.uz 

  • Hisobot modulini yangilash

    Bugun biz hisobotlarning yangi versiyasi ishga tushirilganini mamnuniyat bilan e'lon qilamiz. So‘nggi uch oy davomida hisobotlar modulini qayta ko‘rib chiqish va qayta yozish uchun ko‘p ishladik. Ushbu ishimiz natijasida hisobotlarning sozlanuvchanligi va qamrovini saqlab qolgan holda, ularni soddalashtirishga va tushunish oson bo’lishiga erishdik.

    Biz yangi modulni sinchkovlik bilan sinab ko'rdik, biroq uning ishida dastlabki bosqichlarda kichik xatolar yuzaga kelishi mumkinligini istisno etmaymiz. Agar siz bunday xatolarni topsangiz, iltimos, bizning qo'llab-quvvatlash xizmatimizga murojaat eting. Biz muammoni tez fursatda ko'rib chiqamiz va uni bartaraf etamiz.

    Tushunganingiz va qo'llab-quvvatlaganingiz uchun tashakkur bildiramiz!

    Eslatib o'tamizki, hisobotlarning yangi versiyasidan foydalanish uchun Regos: Store Management dasturini yangilashingiz kerak bo’ladi.

  • REGOS Software-dan savdo-sotiqni avtomatlashtirish dasturi

    Yangi savdo nuqtasini ochishda yoki do'konni kengaytirishda savdo-sotiqni avtomatlashtirish muhim masalaga aylanadi. Bizda Sizning biznesingizni yanada samarali bo'lishiga yordam beradigan ko'plab variantlar mavjud va biz sizga buning eng yaxshi vositalaini taklif qilishga doimo tayyormiz!

  • Kiyim va oyoq-kiyim do'koni uchun dastur

    Kiyim va oyoq-kiyim do‘konlari mamlakatimizda juda mashhurlashgan, shuning uchun sotuvlarni avtomatlashtirish biznes jarayonlarini soddalashtirish va ishda shaffoflikni ta’minlash yo‘lidagi muhim qadamga aylanadi.

  • Parfyumeriya do'koni uchun dastur

    "REGOS" servisi va EasyTrade parfyumeriya do'koni uchun optimal yechimni taklif etadi. Ushbu dasturlar yordamida siz quyidagilarni amalga oshira olasiz:

  • Kantselyariya jihozlari do'koni uchun dastur

    Kantselyariya do'konlari ko'pincha keng assortimentga ega bo’lib, bunda tovarlar ham donalab ham bloklar bilan sotilishi mumkin. Kantselyariya jihozlari do'koni uchun eng maqbul yechim - bu "REGOS" yoki EasyTrade Service dasturini o'rnatishdir.

  • Tarmoq do'konlari

    REGOS dasturiy ta'minoti tarmoq do'koni savdosini avtomatlashtirish bo'yicha ehtiyojingizni to'liq qondiradi. Bizning dasturiy ta'minotimizni o'rnatishning afzalliklari quyidagilardan iborat:

  • Ulgurji savdo

    REGOS dasturiy ta'minotidan foydalangan holda, siz mahsulotlarni qabul qilishingiz, ularni olib o’tishingiz va ularni chakana hamda ulgurji holda hisobdan chiqarishingiz mumkin. Bundan tashqari, siz yetkazib beruvchilar va mijozlarning to'liq tahlilini yuritishingiz mumkin bo'ladi.

  • Uy hayvonlari do’koni uchun dastur

    Uy hayvonlari do’konida hayvonlar uchun oziq-ovqatlar, dori-darmonlar, aksessuarlar va boshqalarni o'z ichiga olgan turli xil mahsulotlar assortimenti mavjud.Shuning uchun mahsulotlarni hisobga olish dasturi moslashuvchan bo'lishi va ushbu biznez faoliyatining barcha ehtiyojlarini qondirishi kerak. "REGOS" va EasyTrade xizmati uy hayvonlari do’konidagi savdolarni avtomatlashtirish uchun ideal ravishda mos keladi.

  • Qandolat do'konlari uchun dastur

    Qandolat do'konlari uchun dasturiy ta’minot mahsulotlarning xilma-xilligi, ya’ni ularning donalab, og’irligi bo’yicha sotilishi yoki shaxsiy ishlab chiqarish asosidagi mahsulot bo’lishi mumkinligiga qarab moslashuvchan bo’lishi kerak. Ushbu imkoniyatlarning barchasi “REGOS” yoki EasyTrade dasturiy ta’minot xizmatidan foydalanganda mavjuddir.

  • Aksessuarlar (masalan, sumkalar, quyoshdan himoya qiluvchi ko‘zoynaklar va boshqalar) sotiladigan do‘kon uchun dastur

    “REGOS” va EasyTrade xizmatlari turli tovarlar assortimentiga ega bo‘lgan aksessuarlar do‘koni uchun optimal yechimni taqdim etadi. Dasturlarimizni o‘rnatgach, quyidagi afzalliklarga ega bo‘lasiz: 

  • Alkogol va tamaki mahsulotlari do‘koni uchun maxsus dastur

    O‘zbekiston Respublikasida ba’zi tovarlar uchun, jumladan alkogol va tamaki mahsulotlari uchun, majburiy markirovka talab etiladi. “REGOS” yoki EasyTrade kabi dasturiy ta’minotlari orqali ushbu turdagi mahsulotlarni sotish jarayonini oson va qulay boshqarishingiz mumkin. 

  • Maishiy texnika do‘konlari uchun dastur

    Sizning maishiy texnika do‘koningiz xoh chakana, xoh ulgurji yoki tarmoqli bo‘lsin, “REGOS” yoki EasyTrade xizmatlari orqali sotuv jarayonlarini optimallashtirishingiz mumkin. 

  • Bolalar mahsulotlari do‘koni uchun dastur

    Bolalar mahsulotlari do‘konlari odatda juda keng assortimentga ega bo‘lib, bolalar kiyimi, o‘yinchoqlar, gigiyena vositalari va bolalar uchun oziq-ovqat mahsulotlarini o‘z ichiga oladi. Bu kabi do‘konlarni samarali boshqarish uchun moslashuvchan tizim zarur. “REGOS” hamda EasyTrade xizmatlari ana shunday yechimlarni taqdim etadi.

  • O'z-o'ziga xizmat ko'rsatish kassalarining afzalliklari

    O’z-o’ziga xizmat ko’rsatish kassalari yoki O’XKK yildan-yilga tobora ommalashib bormoqda, ular oziq-ovqat va nooziq-ovqat chakana savdo do’konlariga o'rnatilmoqda.

  • 2D skanerlarni xarid qilishda tadbirkorlar uchun soliq imtiyozlari

    Raqamli markirovkaga ega mahsulotlarning chakana savdosi bilan shug'ullanuvchi barcha tadbirkorlar uchun muhim yangilik: endi siz 2D skanerlarni sotib olayotganda soliq imtiyozlariga ega bo’lishingiz mumkin.

  • Raqamli belgilarga ega mahsulotlarni sotishda 2D-skanerlardan foydalanish

    2024-yil 1-sentabrdan boshlab raqamli belgilar bilan mahsulot sotayotgan tadbirkorlar 2D-skanerlardan foydalanishi shart.

  • REGOS dasturiy ta'minotiga chegirmani qanday olish mumkin

    REGOS dasturiy ta'minotiga chegirma ikki usulda olinishi mumkin:

    1. EasyTrade dasturiy ta'minotidan REGOS-ga o'tish.
    2. REGOS-ga boshqa dasturiy ta'minotlaridan o'tish.
  • Markirovkalanmagan ichimliklarni sotish muddatlari

    2024 yil 1 martdan boshlab salqin ichimliklar uchun majburiy raqamli markirovkalash joriy etildi. Ko`pgina tadbirkorlarda savol tug`iladi: "Mahsulot qoldiqlarini nima qilish kerak va tovarlarni qaysi muddatlarda sotish kerak?”

  • REGOS: Store Managementda bayram chegirmalarini qanday yaratish mumkin

    Do'konlar ko'pincha bayramlarda mijozlar uchun chegirmalarni o’rnatadilar. Biz sizga REGOS: Store Management dasturida bunday promoaksiyani qanday o'rnatish haqida aytib beramiz.

  • Oziq-ovqat mahsulotlari uchun ish kunlari soat 10:00 dan 12:00 gacha mahsulotga chegirma qanday o'rnatiladi

    REGOS: Store Management dasturidan foydalanib, ma'lum kun va vaqtlarda amal qiladigan chegirmani o'rnatish mumkin. Bu mijozlar oqimini va shunga mos ravishda foydani oshirishga yordam beradi.

  • Yaroqlilik muddatiga mos keladigan pishirish uchun chegirmani qanday o'rnatish kerak

    REGOS: Store Management dasturiy ta’minoti ma'lum bir mahsulotlar toifasiga kunlik chegirmani o'rnatish imkonini beradi. Bunda aksiya do'kon yopilishidan 2 soat oldin boshlanishini belgilashingiz mumkin. Shu tariqa siz tez buziladigan qolgan tovarlarni sotishingiz va zarar ko’rmasligingiz mumkin.

  • Ma'lum kolleksiyadagi sumkani sotib olishda xuddi shu kolleksiyadagi poyabzalga 15% chegirma

    Kiyim va poyabzal do'konlari talabni oshirish va o'rtacha chek ko’rsatkichlarini ko’paytirish uchun tez-tez aksiyalarni yo’lga qo’yadilar. Kelinglar, mijozlarni ular o’zlari rejalashtirganidan ko'ra ko'proq xarid qilishga undashingiz mumkin bo'lgan misolni ko'rib chiqaylik.

  • Mijozlarning sevimli mahsulotlari ro'yxatini qanday shakllantirish mumkin

    REGOS dasturida mijozlarning sevimli mahsulotlari ro'yxatini avtomatik ravishda yaratish imkoni mavjud. Tovarlarni qayd qilishda kassir mijoz qaysi tovarlarni tez-tez sotib olishini ko'rishi va agar mijoz ma’lum bir tovarni sotib olishni unutgan bo'lsa, unga bu haqida eslatishi mumkin.

  • Payshanba kunlari yangi va muzlatilgan baliqlarga 10% chegirma qanday o'rnatiladi

    REGOS dasturi haftaning belgilangan kunlarida ma'lum mahsulot toifalariga amal qiladigan promoaksiyalarni o'rnatish imkonini beradi. Keling, payshanba kunlari yangi va muzlatilgan baliqlarga 10% chegirma o'rnatish mumkin bo'lgan aksiyani sozlashni ko'rib chiqaylik.

  • Ikkita o'ram makaron xarid qilishda ketchupga 15% chegirma

    Mijozlarni jalb qilish va sotuvlar hajmini oshirish uchun chakana savdo do'konida aksiyalarni qanday ishga tushirish mumkin? Mijoz ikkita o'ram makaron xarid qilishi va 15% chegirma bilan ketchupni olishi mumkin bo'lgan aksiyani sozlashni ko'rib chiqamiz.

  • 1+1=3 aksiyasi: uchta ichimlikni ikkita ichimlik narxida sotishni qanday sozlash mumkin

    Marketing bozoridagi eng ommabop aksiyalardan biri bu 1+1=3 bo‘lib, bunda mijoz ikkita mahsulot sotib olib, uchinchisini sovg‘a sifatida oladi. Ichimliklar misolida ushbu aksiya mexanikasini ko'rib chiqamiz.

  • REGOS sodiqlik dasturining imkoniyatlari: jamg'arish aksiyasi

    Store Management dasturida sodiqlik kartalari yordamida jamg’arish aksiyasini o’rnatish mumkin, bunda mijoz tanlov ishtirokchisiga aylanishi uchun ma'lum miqdordagi tovarlarni sotib olishi mumkin. Bu oziq-ovqatlar, kiyim-kechaklar, poyabzal, kosmetika va kanselyariya mahsulotlari do’konlari uchun qulay yechimdir.

  • 300 000 so'mdan ortiq xaridni amalga oshirganda chekning jami summasiga 5% chegirmani qanday o’rnatish mumkin

    REGOS: Store Management dasturida chek summasi bir martada muayyan bir miqdorga yetganda, siz chekning jami summasiga chegirma qo'llaniladigan aksiyani o'rnatishingiz mumkin. Bunday aksiya har qanday turdagi do'konlar uchun mos keladi: oziq-ovqat va nooziq-ovqat.

  • 200 000 so‘mdan boshlab xarid qilganda, qanday qilib sovg‘aga ichimlik olish mumkin?

    Chakana savdo do‘konlari ko‘pincha mijozlarga ma’lum summaga tovar sotib olish va sovg‘aga qo‘shimcha tovarni qo‘lga kiritish taklif qilinadigan aksiyalar uyushtirishadi. Bir marta sotib olishda 200 000 va undan ko‘proq  so‘mga xarid qilinadigan bo‘lsa,  Coca-Cola ichimligini sovg‘aga olish mumkin bo‘lgan variantni ko‘rib chiqamiz.

  • REGOS: Store Management dasturida qanday promoaksiyalarni o‘rnatish mumkin?

    REGOS: Store Management  dasturida o‘rnatish mumkin bo‘lgan promoaksiyalar bo‘yicha yakun yasaymiz.

  • Markirovka bu nima, u qanday mahsulotlarga qo’llaniladi va qanday skanerlar kerak

    Ushbu maqolada biz mahsulot markirovkasi nima ekanligini, markirovka qanday mahsulotlarga qo’llanilishi va bunday mahsulotlar bilan ishlash uchun qanday POS uskunalari kerakligini ko'rib chiqamiz.

  • "REGOS" xizmati uchun to’lovni qanday amalga oshirish kerak?

    Yangi mijozlar orasida eng ko'p beriladigan savollardan biri bu: "REGOS" (Store Management, POS, SelfPOS, CashServer dasturiy ta'minoti) xizmati uchun abonent to'lovini qanday amalga oshirish kerak?”. Ushbu maqolada biz buni qanday amalga oshirish haqida batafsil aytib o’tamiz.

  • REGOS: Store Management dasturida til paketlarini qanday aktuallashtirish mumkin

    REGOS: Store Management dasturiy ta’minotida vaqti-vaqti bilan yangilanishlar chiqariladi, yangi funksiyalar va imkoniyatlar qo'shiladi. Barcha yangilanishlar rus, o‘zbek va ingliz tillarida mavjud. Biroq, dastur to'g'ri ishlashi uchun til paketlarini aktuallashtirish zarur. Ushbu maqolada biz REGOS: Store Management dasturida til paketlarini aktuallashtirish bo'yicha yo’riqnomani taklif etamiz.

  • Markalangan mahsulotlar bilan qanday ishlash kerak

    Ko'pgina tadbirkorlarda quyidagi savol tug’iladi: markalangan mahsulotlarning sotuvini qanday to'g'ri amalga oshirish kerak? Ushbu maqolada biz markalangan mahsulotlar nima ekanligi, ularni REGOS: Store Management dasturiga qanday kiritish va ularning sotuvlarini qanday amalga oshirish haqida batafsil so’zlab beramiz.

  • Avans va kredit bo’yicha to’lovlar nima va ular bilan qanday ishlash kerak

    Bu maqolada biz avans va kredit to’lovlari nima ekanligini, shuningdek, ikkala savdo turini qanday qilib to’g’ri amalga oshirishni ko’rib chiqamiz.

  • Ishga yaroqsiz onlayn NKT-dan foydalanganlik uchun jarima solinadi

    Onlayn NKT-ning ishga yaroqliligini nazorat qilish usullaridan biri - bu texnik talablarga muvofiqligi bo'yicha ekspertiza o'tkazishdir.

    Onlayn NKT-ning texnik talablarga javob bermaydigan ishga yaroqsizlik belgilariga shubha tug‘ilganda yoki aniqlanganda dasturiy ta’minot va fiskal modulga ega kassa uskunasi ekspertiza o‘tkazish uchun olib qo‘yiladi.

    Agar qonunbuzarliklar aniqlansa, 20 000 000 so‘m(yigirma million so‘m) miqdorida jarima solinadi.

    Jarimalarning oldini olish uchun TXM-dan sizning onlayn NKT ishga yaroqliligi to'g'risida xulosa olish tavsiya etiladi.

  • Raqamli markirovkani talab qiladigan mahsulotlar bilan ishlash bo‘yicha huquqiy normalar

    Ushbu maqolada biz raqamli markirovkaga ega mahsulotlarni tegishli uskunalarsiz sotayotgan tadbirkorlarga qanday chora-tadbirlar qo‘llanilishi va soxta mahsulotlar yoki qalbaki markirovkaga ega mahsulotlarni sotish uchun qanday sanksiyalar qo’llanilishi haqida gapirib beramiz.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring