O’z-o’ziga xizmat ko’rsatish kassasini o’rnatish uchun quyidagi uskunalar kerak bo'ladi:
- Monoblok;
- Shtrix-kodlarning 2D skaneri;
- Terminal;
- Cheklar printeri;
- Mahkamlagichlarga ega ustun.
Dasturiy ta'minot uchun quyidagi ilovalar o'rnatilishi kerak: REGOS: SelfPOS va virtual kassani: REGOS: VCR. Hozirda o’z-o’ziga xizmat ko’rsatish kassasi quyidagi elektron toʻlov tizimlari orqali faqat naqd bo’lmagan toʻlovlarni qoʻllab-quvvatlaydi: UzCart, Visa, MasterCard, Humo, Uzum, Click, PayMe, Anor.
O'z-o'ziga xizmat ko'rsatish kassasi – bu har yili yanada ommalashib borayotgan qulay uskunadir. O’z savdo nuqtangizni yangilang va savdolar sonini oshiring!