Select your language

(55) 501-00-30 Qo‘llab-quvvatlash markazi

Bolalar mahsulotlari do‘koni uchun dastur

Bolalar mahsulotlari do‘koni uchun dastur

Bolalar mahsulotlari do‘konlari odatda juda keng assortimentga ega bo‘lib, bolalar kiyimi, o‘yinchoqlar, gigiyena vositalari va bolalar uchun oziq-ovqat mahsulotlarini o‘z ichiga oladi. Bu kabi do‘konlarni samarali boshqarish uchun moslashuvchan tizim zarur. “REGOS” hamda EasyTrade xizmatlari ana shunday yechimlarni taqdim etadi.

Bizning dasturiy ta’minotimiz orqali siz:

  • Sotuvlarni to‘liq hisobga olishingiz;
  • Kassa operatsiyalarini aniq boshqarishingiz;
  • Ombordagi qoldiqlarni kuzatib borishingiz va mahsulotlarning muddati o‘tib ketishini oldini olishingiz (bolalar oziq-ovqatida bu juda muhim);
  • Sotuvlar bo‘yicha tahlillarni olib borishingiz;
  • Ma’lumotlarga asoslangan marketing kampaniyalarini amalga oshirishingiz mumkin.

 Shuningdek, sotuvlarni avtomatlashtirishdan tashqari, biz sizning biznesingiz ehtiyojlariga javob beradigan POS-uskunalarni tanlashda yordam beramiz. Agar siz biznesingizni kengaytirib, onlayn maydonga kirishni rejalashtirayotgan bo‘lsangiz, biz Sizga veb-saytingiz bilan integratsiya qilishda yordam beramiz, bu orqali mahsulot zaxiralari va narxlari doim yangilanib boradi.

 REGOS Software bilan o‘z biznesingizni rivojlantiring!


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Select your language