OOO "REGOS INTEGRATION"

OMMAVIY OFERTA

Ushbu oferta kelgusi o‘rinlarda “Bajaruvchi” deb nomlanuvchi «REGOS INTEGRATION» MCHJning jismoniy shaxs (kelgusi o‘rinlarda “Buyurtmachi”) deb nomlanuvchi bilan quyidagi shartlarda shartnoma tuzish taklifi hisoblanadi:

 TERMINLAR VA TA’RIFLAR

Talabnoma – Buyurtmachining regos.uz saytida tovarlar(xizmatlar) ro‘yxati, Buyurtmachi familiyasi, ismi va telefon raqamini albatta ko‘rsatgan holda, maxsus axborot shaklini to‘ldirishi.

Ommaviy ofertaning aksepti – Buyurtmachining arizani tasdiqlashi va Bajaruvchiga jo‘natishiga qaratilgan harakatlarni bajarishi.

Kafolat muddati — Buyurtmachi foydalanish qoidalarini bajarganda, amalga oshirilishi davomida Buyurtmachi tovar (xizmatlar) sifatiga normativ hujjatlarda ko‘zda tutilgan talablarni kafolatlaydigan va bajarilishini ta’minlaydigan, o‘rnatilgan (oylarda) yoki ish vaqti (soatlarda, yeyilib ketish sikllari, yo‘l bosish kilometrlari va sh.k.lar ) ko‘rinishidagi normativ muddat.

 1. SHARTNOMA PREDMETI

1.1. Ushbu shartnoma bo‘yicha, regos.uz saytida o‘rnatilgan narxlarda, Bajaruvchi taklif qilgan tovarlar(xizmatlar)dan Buyurtmachi shakllantirgan talabnoma asosida Bajaruvchi tovar (xizmatlar)ni yekazib beradi, Buyurtmachi esa to‘laydi va qabul qiladi.

 2. TO‘LOV SHAKLLARI VA SHARTLARI

2.1. To‘lov shakli – ushbu oferta qabul qilingan paytdan boshlab, 1 kalendar' kuni davomida kamida 100% oldindan to‘lash.

3. YETKAZIB BERISH SHARTLARI

3.1. Tovarni yetkazib berish muddati to‘lov Bajaruvchining hisobraqamiga kelib tushgan paytdan boshlab, 10 bank kuni davomida. Yetkazib berish sharti – Bajaruvchining omboridan o‘zi olib chiqib ketish.

4. TARAFLARNING HUQUQLARI VA MAJBURIYATLARI

4.1. Tovarlar (xizmatlar) Bajaruvchining omborida bo‘lmagan hollarda, Bajaruvchi tovarlar(xizmatlar)ni talabnomadan bir tomonlama chiqarib tashlash huquqiga ega.

4.2. Ushbu ommaviy ofertada o‘rnatilgan to‘lov muddatlari buzilganda, Bajaruvchi Buyurtmachining talabnomasini bekor qilish huquqiga ega.

4.3. Kafolat muddati davomida iste’molchi tomonidan tovar(xizmatlar)da ishlab chiqarish, konstruktiv yoki boshqa kamchiliklar aniqlangan hollarda, Bajaruvchi tovar(xizmatlar)ni o‘xshashiga almashtirib berish majburiyatini oladi. O‘xshash rusumdagi tovar (xizmatlar) bo‘lmagan hollarda esa, O‘zbekiston Respublikasning “ISTE’MOLCHILARNING HUQUQLARINI HIMOYA QILISH TO‘G‘RISIDA”gi qonunining 14-moddasiga amal qilish majburiyatini oladi.

5. FORS - MAJOR

5.1. Fors-major holatlari (tabiiy ofatlar, yong‘inlar, suv toshqinlari, hukumat va davlat organlarining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari va boshqa normativ hujjatlari va sh.k.) yuzaga kelgan hollarda, Taraflar bu holatlar amalda bo‘lgan davrda o‘z zimmalariga olgan majburiyatlarni bajarishdan ozod qilinadilar. Taraflar fors-major holatlari yuzaga kelganligi haqida bir-birlarini eng qisqa muddatlarda xabardor qilishlari shart. Fors-major holatlarining yuzaga kelganligi va to‘xtaganligining lozim darajadagi dalili tegishli tartibga soluvchi hujjatning kuchga kirgan sanasi hisoblanadi.

6. NIZOLARNI HAL QILISH

6.1. Shartnomada ko‘zda tutilmagan barcha masalalar O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunlari tomonidan ko‘rib chiqiladi. Shartnoma majburiyatlarini buzganligi uchun, Taraflar O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchligi va O‘zbekiston Respublikasining “Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to‘g‘risida”gi qonuni 5-bo‘limida ko‘zda tutilgan tarzda javobgardirlar. Ushbu Shartnomani bajarishda yuzaga keladigan nizolar va kelishmovchiliklar, imkoni boricha, Taraflar o‘rtasidagi muzokaralar yo‘li bilan hal qilinadi. Nizolarni muzokaralar yo‘li bilan hal qilishning iloji bo‘lmagan taqdirda, Taraflar ularni Toshkent shahar Tumanlararo iqtisodiy sudining ko‘rib chiqishiga taqdim etadilar.

7. AMAL QILISH MUDDATI

7.1. Ushbu ommaviy ofertaning amal qilish muddati aksept paytidan boshlanadi va Taraflar ushbu ofertani to‘liq bajarganlaridan so‘ng tugaydi.

8. TARAFLARNING YURIDIK MANZILI VA REKVIZITLARI

«Bajaruvchi»

ООО «REGOS INTEGRATION»

 

 

Manzil: Toshkent sh, Yakkasaroy tumani, Muqimiy ko‘chasi, 8a

Telefon: +998(55) 501-00-30

H/P: 2020 8000 5055 5967 8001 “Ipak Yo‘li” AITBning Mirobod filialida

MFO: 01101

STIR: 309 792 100

OKOD: 46510

Ro‘yx. to‘lov kodi. QQS: 326040199711

 

 


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring