Markirovka bu nima, u qanday mahsulotlarga qo’llaniladi va qanday skanerlar kerak

Markirovka bu nima, u qanday mahsulotlarga qo’llaniladi va qanday skanerlar kerak

Ushbu maqolada biz mahsulot markirovkasi nima ekanligini, markirovka qanday mahsulotlarga qo’llanilishi va bunday mahsulotlar bilan ishlash uchun qanday POS uskunalari kerakligini ko'rib chiqamiz.

Ushbu maqolada:

  1. Mahsulot markirovkasi nima?
  2. Markirovka qanday mahsulotlarga qo’llaniladi
  3. Markirovka qilingan mahsulotlar bilan ishlash uchun zarur jihozlar
  4. 2D skanerlarni xarid qilishda tadbirkorlar uchun soliq imtiyozlari

Mahsulot markirovkasi nima?

Mahsulot markirovkasi — bu ishlab chiqaruvchi yoki import qiluvchidan yakuniy iste'molchigacha bo'lgan tovarlar harakatini kuzatish imkonini beruvchi o’ziga xos identifikatsiya belgisini qo'llash jarayonidir. O‘zbekistonda mahsulotlarni identifikatsiyalash uchun Data Matrix kodidan foydalaniladi.

Markirovka qanday ishlaydi:

  • Ishlab chiqaruvchi markirovkani qo'llaydi;
  • Markirovka yordamida mahsulotning butun harakat yo'li har bir bosqichda qayd etiladi;
  • Do’konda mahsulot kodi skanerdan o’tadi va javonga joylashtiriladi;
  • Kassada sotilgan mahsulotning kodi tovarlar aylanmasidan chiqib ketadi.

Mahsulot markirovkasi kontrafakt mahsulotlar importini kamaytirishga yordam beradi, ishlab chiqaruvchiga sodiqlikni oshiradi va mijozlarga mahsulotni mustaqil ravishda tekshirish imkoniyatini beradi.

Bundan tashqari, markirovka yordamida ishlab chiqaruvchi haqidagi ma’lumotni, foydalanish yo'riqnomasi, mahsulot tarkibi, uning yaroqlilik muddati va boshqa ko'p ma’lumotlarni bilib olish mumkin.

 

Markirovka qanday mahsulotlarga qo’llaniladi

Quyidagi tovar guruhlariga majburiy ravishda raqamli markirovka qo’llanilishi kerak:

  • Tamaki mahsulotlari
  • Spirtli ichimliklar
  • Pivo va pivo ichimliklari
  • Maishiy texnika
  • Dori vositalari
  • Suv va boshqa ichimliklar

Shuni ta'kidlash lozimki, ishlab chiqaruvchi ham, import qiluvchi ham markirovkani qo'llash uchun javobgardir. Batafsil ma'lumotni Asl Belgisi rasmiy veb-sahifasida topishingiz mumkin.

 

Markirovka qilingan mahsulotlar bilan ishlash uchun zarur jihozlar

 

Markirovka qilingan mahsulotlar bilan ishlash ma'lum POS uskunalarini talab qiladi. Do'konda mahsulotga bosilgan QR kodini o'qiydigan 2D skaner o'rnatilgan bo'lishi kerak.

 Maqolalarimizning birida biz raqamli markirovkaga ega mahsulotlarni sotishda 2D skanerlardan foydalanish haqida yozgan edik. Siz maqolani batafsil o’qib chiqishingiz mumkin.

 Biz do'koningizda o'rnatishingiz va qonunga to'liq rioya qilgan holda foydalanishingiz mumkin bo'lgan 2D skanerlar ro'yxatini tayyorladik: 

 Do'koningiz turiga qarab siz qaysi 2D skaner o’zingizga mos kelishini tanlashingiz mumkin: qo'lda foydalaniladigan yoki statsionar.

2D skanerlarni xarid qilishda tadbirkorlar uchun soliq imtiyozlari

2027-yil 1-yanvarga qadar tadbirkorlar hisoblangan va to'lanishi lozim bo'lgan daromad solig'i yoki aylanmadan olinadigan soliq, shuningdek yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan to'lanadigan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i summasidan 2D skanerlarni sotib olish xarajatlarini chegirib tashlash huquqiga ega. Chegirib tashlangan maksimal miqdor bitta qurilma uchun 4 ta bazaviy hisoblash miqdorini (BHM) tashkil qiladi. Bu pul bilan ifodalanganda 1 360 000 so‘m (340 000 so‘m * 4)*ni tashkil qiladi.*

*BHM summasi nashr vaqtidagi miqdorga asoslangan holda ko'rsatilgan.

 Batafsil ma’lumot bilan bizning maqolamizda tanishib chiqishingiz mumkin.

 Tadbirkorlik faoliyati egalari savdo sohasidagi yangiliklarni kuzatib borishlari muhim, shuning uchun bizning Telegram sahifamizga obuna bo'ling, u yerda biz dolzarb maqolalarni siz bilan bo’lishamiz.

 Savollaringiz bo'lsa +998555010030 raqami orqali biz bilan bog'lanishingiz mumkin, biz ushbu savollarga mamnunlik bilan javob beramiz.

 

Kontaktlaringizni qoldiring va mutaxassisning bepul maslahatini oling


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring