Qaysi mahsulotlar majburiy markalanishi kerak?
Quyidagi tovarlar guruhlari majburiy markalanishi kerak:
- Tamaki mahsulotlari;
- Alkogolli mahsulotlar;
- Pivo va pivoli ichimliklar;
- Maishiy texnika;
- Dori vositalari;
- Suv va ichimliklar.
Oldingi maqolalardan birida biz markalangan mahsulotlarni batafsil ko'rib chiqdik, 2D-skanerlarni tanlab oldik va 2D-skanerlarni sotib olishda tadbirkorlar uchun soliq imtiyozlarini ko'rsatdik. Toʻliq maqolani bu yerda oʻqishingiz mumkin.
Markalangan mahsulotlarni REGOS: Store Management dasturiga qanday kiritish kerak
1. Boshlanishida "Nomenklatura" bo'limiga kiring va "Yaratish" tugmasini bosing. Mahsulot to’g’risida barcha kerakli ma'lumotlarini kiriting.
2. Shundan keyin tovarning MXIK-ni kiriting. Qidiruv MXIK, nomi yoki shtrix-kod bo’yicha amalga oshirilishi mumkin. Keyin, qidiruv natijalaridan sizga mos keladigan nomenklatura pozitsiyasini tanlash kerak.
3. Keyin qadoqlash kodini toping. Kodni ham qidiruv orqali topish kerak.
4. Agar ushbu MXIK-ga ega bo'lgan nomenklatura markalanishi kerak bo'lsa, "Markalanishi kerak" katagiga avtomatik ravishda “galochka” belgisi o’rnat
Endi mahsulot ma'lumotlar bazasiga kiritildi.
Texnik hujjatlarga havola: https://docs.regos.uz/ru/regos-sm/operations/references/nomenclature#ikpu
Markalangan mahsulotlarni kassada qanday sotish kerak
Markalangan mahsulotlarni kassada ikkita usulda sotish mumkin:
- Markalanishning QR-kodini skanerlash - bunda nomenklatura pozitsiyasi darhol qo'shiladi;
- Mahsulotning shtrix kodini skanerlash - bunda REGOS: POS suzib chiquvchi oynani ochadi, unda markalash kodini skanerlash yoki qo'lda kiritish kerak bo'ladi. Bunda, kassa avtomatik ravishda inglizcha klaviatura tartibini yoqishga harakat qiladi; Markalanishni o'qish oynasi yopilgandan so'ng, tartib yana qayta o'zgaradi.
Kassada markalangan mahsulotlarni qo'shish bo'yicha texnik hujjatlarga havola: https://docs.regos.uz/ru/regos-pos/operations/sales-registration/add-items#dobavlenie-nomenklatury-s
Markalangan nomenklatura sotuvlar uchun ro'yxatga qo'shilganda, "1" miqdori avtomatik ravishda o'rnatiladi, uni qo'lda o'zgartirib bo'lmaydi. Agar miqdor 1 birlikdan oshsa, markalash kodini skanerlagan holda nomenklaturani yana bir marta kiritish kerak, shundan keyin REGOS: POS nomenklaturani alohida qatorda sotuvlar uchun ro'yxatga kiritadi.
Agar Sizda savollar paydo bo'lsa, Siz +998555010030 raqami orqali biz bilan bog'lanishingiz mumkin, biz ularga mamnuniyat bilan javob beramiz.