Kompaniya haqida
"REGOS Software" kompaniyasi o‘z faoliyatini 2016-yilda boshlagan va 2019-yilda "REGOS Software" MCHJ sifatida rasmiy ro‘yxatdan o‘tgan. Biz birinchi mahsulotimiz - EasyTrade - do‘kon savdosini avtomatlashtirish dasturini ishlab chiqishdan boshlab, ongli ravishda dasturlash va savdo sohasini birlashtirdik. Vaqt o‘tishi bilan bizning loyihamiz operatsion hamda kadrlar bo‘yicha kengayishni talab qiluvchi yirik kompaniyaga aylandi.
Bizning missiyamiz
Mijozlardan birining fikr-mulohazasi bizning missiyamizni yaxshi ifoda etadi:
Dasturiy ta'minotni o‘rnatishdan oldin, men har safar do‘kon yopilgandan keyin bir kunlik hisob-kitoblarni amalga oshirish, qoldiqlarni solishtirish va ertangi kun buyurtmalarini tayyorlash uchun yana 2-3 soat ishda ushlanib qolardim.
Endi do‘kon yopilgandan so‘ng, men dam olish uchun choyxonaga yoki uyga - oilam davrasiga boraman.
Bizning missiyamiz nafaqat savdo-sotiqni avtomatlashtirish, balki biznes jarayonlarini optimallashtirish va strategik vazifalar uchun vaqt ajratish orqali odamlar hayotini yaxshilashdan iborat.
Kompaniyaning rivojlanishi
2019-yilda EasyTrade dasturini muvaffaqiyatli ishga tushirgandan so‘ng, biz jadal rivojlanayotgan bozor sharoitida yangi mahsulotni ishlab chiqish zarurligini angladik. Bu yangi REGOS mahsulotini ro‘yxatdan o‘tkazishimizga olib keldi. Shundan so‘ng kompaniya o‘zining rasmiy nomiga ega bo‘ldi va rivojlanishining yangi bosqichiga qadam qo‘ydi.
Rivojlanish bosqichlari
Boshlanish
EasyTrade dasturiy ta’minotining yaratilishi va do‘konlarda birinchi o‘rnatishlar.
Rasmiy ro‘yxatdan o‘tish
Kompaniya va REGOS dasturiy ta’minotini ro‘yxatdan o‘tkazish.
"Qonun"ga yanada yaqinroq
REGOS: VCR virtual kassa dasturiy ta’minotini ishlab chiqish, virtual kassalar ishlab chiquvchilari va ЦОТУ davlat reestriga kirish.
Mashaqqatli ish
REGOS: Online qayta ishga tushirildi.
Yangi tendensiyalar
O‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish kassalarini ishlab chiqish.