Ushbu maqolada:
- O'z-o'ziga xizmat ko'rsatish kassalari – raqobatbardoshlik uchun yangi talabdir.
- Do’konda o’z-o’ziga xizmat ko’rsatish tizimini o’rnatishning afzallik tomonlari
- O’z-o’ziga xizmat ko’rsatish tizimini joriy etganda do’kon egalari duch kelishi mumkin bo'lgan xavflar
- O'z-o'ziga xizmat ko'rsatish kassalarining qanday turlari mavjud?
O'z-o'ziga xizmat ko'rsatish kassalari – raqobatbardoshlik uchun yangi talabdir.
O'z-o'ziga xizmat ko'rsatish kassalarining texnologiyasi (SCO — self check-out) taxminan 30 yil davomida G'arbda faol tarzda foydalanilmoqda. Bugungi kunda ular O‘zbekistonda ham oziq-ovqat hamda oziq-ovqat bo’lmagan chakana savdo do’konlarida tobora ko‘proq joriy etilmoqda.
Xaridor mustaqil ravishda amalga oshirishi mumkin bo'lgan harakatlar:
- mahsulotlarni skanerlash;
- mahsulotlarga to’lovni karta (Uzcard, Humo, Visa, MasterCard) yoki elektron to'lov tizimlari (Uzum, Click, PayMe, Anorbank) orqali amalga oshirish;
- qog’oz ko’rinishidagi QR kodga ega chekni olish.
O’z-o’ziga xizmat ko’rsatish tizimi har yili ommalashib bormoqda va raqobatbardoshlikni saqlash uchun zarur bo'lgan savdo nuqtalarining ajralmas qismiga aylangan holda insonlar uchun noma'lum bo’lgan yangilik bo'lishni to'xtatdi. Aksariyat mijozlar kassada o’z navbatlarini kutmasdan, hisob-kitobni mustaqil ravishda amalga oshirishni afzal ko'rishadi. Bu, ayniqsa, ko'pchilik xaridlarni amalga oshirish uchun supermarketga boradigan kechki soatlarga mos keladi. O’z-o’ziga xizmat ko’rsatish kassalari faqatgina bitta yoki ikkita mahsulotni sotib olib, umumiy navbatda turishga majbur bo’ladiganlar uchun qulaydir. Ba'zan mijozlar kassada o'z mahsulotlarini ko'rsatishda noqulaylikni his qilishadi, shuning uchun ular o’z-o’ziga xizmat ko’rsatish kassasidan foydalanishni afzal ko'rishadi.
Do’konda o’z-o’ziga xizmat ko’rsatish tizimini o’rnatishning afzallik tomonlari
Kechqurun do‘konlarda xaridorlar oqimi ko‘payadi va navbatda turish uchun xaridorlar ko‘p vaqtlarini sarflamasliklari muhimdir. Tezroq va qulayroq xizmat ko'rsatadigan do'konlar xaridorlar tomonidan ko'proq tanlanadi, bu esa savdo hajmini sezilarli darajada oshirishi mumkin. O’z-o’ziga xizmat ko’rsatish tizimini o’rnatish bu masalada raqobatbardosh ustunlikka aylanmoqda.
Yana bir muhim omil bu makonni optimallashtirishdir. Ikkita oddiy kassaning o’rniga 5-6 ta o'z-o'ziga xizmat ko'rsatish tizimini o'rnatishingiz mumkin, bu mahsulotlar uchun joyni bo'shatadi va do'kon maydonini tashkil qilishni yaxshilaydi.
O'z-o'ziga xizmat ko'rsatish tizimlarini o'rnatishning moliyaviy afzalligi bu barcha kassalarga bir kassir xizmat ko’rsatishi mumkinligidadir. Bu ish haqi xarajatlarini optimallashtirish va tovarlarni sotib olish uchun qo'shimcha mablag'larni ajratish imkonini beradi.
O'z-o'ziga xizmat ko'rsatish tizimlarini sotib olish quyidagi afzalliklarni taqdim etadi:
- Mijozlarga xizmat ko'rsatish tezligining oshishi va savdo hajmining oshishi;
- Maydondan samarali foydalanish – bitta an'anaviy kassa o'rniga bir nechta o’z-o’ziga xizmat ko’rsatish kassalarini o’rnatish;
- Xodimlar xarajatlarini optimallashtirish, chunki bir xodim bir nechta o'z-o'ziga xizmat ko'rsatish tizimlariga xizmat ko'rsatishi mumkin.
O’z-o’ziga xizmat ko’rsatish tizimini joriy etganda do’kon egalari duch kelishi mumkin bo'lgan xavflar
O'z-o'ziga xizmat ko'rsatish tizimi o’zining bir qancha afzalliklariga ega, ammo ba'zi biznes egalari o’zlari duch kelishlari mumkin bo'lgan xavflarni ko'ra bilishadi. Kelinglar, yuzaga kelishi mumkin bo'lgan muammolarni batafsilroq ko'rib chiqaylik:
- O'g'irlik holatlarining ko'payishi: O'z-o'ziga xizmat ko'rsatish kassasida kassir yo'qligi sababli, o'g'irlik holatlarining ko'payish xavfi mavjud. Biroq, statistika shuni ko'rsatadiki, do’konning umumiy yo'qotishlari odatda 1-2% ni tashkil qiladi, bu esa normal hisoblanadi. O'z-o'ziga xizmat ko'rsatish tizimlarini ishlab chiqaruvchilar o'g'irlik bilan bog'liq xavflarni kamaytirish uchun uskunalarni doimiy ravishda optimallashtirib turadilar.
- Xodimlarni ishdan bo'shatish: O'z-o'ziga xizmat ko'rsatish tizimini joriy etish har doim ham xodimlarni ishdan bo'shatishga olib kelmaydi. Kassada ishlashdan tashqari, xodimlar mijozlarga maslahat berish va mahsulotlarni javonlarga joylashtirish majburiyatlariga ham ega. O'z-o'ziga xizmat ko'rsatish tizimi xodimlardan muhim va strategik masalalarni hal qilishlari uchun odatiy vazifalardan ozod bo’lishga imkon beradi.
- Mijozlarning o'z-o'ziga xizmat ko'rsatish tizimidan foydalanishni istamasligi: Navbatda turishni afzal ko’rmaydigan ko'pchilik mijozlar, agar o'z-o'ziga xizmat ko'rsatish tizimi mavjud bo’lsa, undan yuqori ehtimol bilan foydalanadilar.
- Joriy etishdagi yuqori xarajatlar: O'z-o'ziga xizmat ko'rsatish tizimini o'rnatish an'anaviy kassani o’rnatish bilan taqqoslanadi. Biroq, o'z-o'ziga xizmat ko'rsatish tizimi kassirga tegishli bo’lgan xarajatlarni tejash imkonini beradi.
- Kichik savdo maydonchasi: O’z-o’ziga xizmat ko’rsatish kassasi hatto kichik do'konlarda ham o'rnatilishi mumkin. Bitta an'anaviy kassa o'rniga bir nechta o'z-o'ziga xizmat ko'rsatish tizimlari o'rnatilishi mumkin, bu esa cheklangan maydondan foydalanishni optimallashtiradi.
O'z-o'ziga xizmat ko'rsatish kassalarining qanday turlari mavjud?
Tashqi ko’rinishiga qarab o’z-o’ziga xizmat ko’rsatish kassalarini ikki turga bo’lish mumkin:
- Kronshteyn va POS-monoblok asosli o’z-o’ziga xizmat ko’rsatish kassalari: Ushbu kassalar maxsus stolga o’rnatiladi. Shunday tizimni o’rnatish uchun quyidagilar kerak bo’ladi: monoblok, kronshteyn, cheklar printeri, shtrix-kodlar skaneri, terminal va barcha jihozlar joylashtiriladigan stolning o'zi.
- Axborot kioski asosida o'z-o'ziga xizmat ko'rsatish kassalari: Bunday kassalarda tizimga monoblok va skaner o'rnatilgan bo’ladi, yonida esa cheklar printer va terminal o'rnatiladi.
O’z funksionalligi nuqtai nazaridan, ikki turdagi kassalar ham bir xil, chunki ular bir xil dasturiy ta'minot bilan jihozlangan. Farqlar uskunaning tashqi ko'rinishi va narxiga bog'liq. Agar savdo maydoni juda ham chegaralangan bo'lsa, joyni tejash uchun kronshteynga asoslangan kassa afzalroqdir. Agar do'kon yetarli darajada katta bo’lsa, axborot kioski asosidagi o'z-o'ziga xizmat ko'rsatish kassasini tanlashingiz mumkin.
Ushbu maqolada biz o'z-o'ziga xizmat ko’rsatish kassalarining barcha imkoniyatlari, shuningdek, biznes egalari ularni o'rnatishda qo'rqadigan xavflar haqida gapirib berishga harakat qildik. REGOS Software korxonasida siz kronshteyn asosli hamda axborot kioski asosidagi o’z-o’ziga xizmat ko’rsatish kassalarini, shuningdek, barcha kerakli qo’shimcha uskunalarni ham xarid qilishingiz mumkin.