Yaroqlilik muddatiga mos keladigan pishirish uchun chegirmani qanday o'rnatish kerak

Yaroqlilik muddatiga mos keladigan pishirish uchun chegirmani qanday o'rnatish kerak

REGOS: Store Management dasturiy ta’minoti ma'lum bir mahsulotlar toifasiga kunlik chegirmani o'rnatish imkonini beradi. Bunda aksiya do'kon yopilishidan 2 soat oldin boshlanishini belgilashingiz mumkin. Shu tariqa siz tez buziladigan qolgan tovarlarni sotishingiz va zarar ko’rmasligingiz mumkin.

Ushbu maqolada:

  1. Yaroqlilik muddati tugayotgan mahsulotga nima uchun chegirmani qo’llash kerak?
  2. 21:00 dan 23:59 gacha amal qiladigan non mahsulotlariga 10% chegirma qanday o'rnatiladi?
  3. Ehtimoliy kengaytirishlar

Yaroqlilik muddati tugayotgan mahsulotga nima uchun chegirmani qo’llash kerak?

Chakana savdo do’konlariga har kuni ertalab sotish uchun turli xil tovarlar olib kelinadi. Assortiment ko'pincha qisqa saqlash muddatiga ega bo'lgan mahsulotlarni, masalan, yangi pishirilgan non mahsulotlarini o'z ichiga oladi. Bunday tovarlar faqat olingan kunida sotiladi va ertasi kuni ularni peshtaxtaga qo'yib bo'lmaydi. Ammo do’kon yopilgunga qadar sotilmagan mahsulotlar mavjud bo’lgan holat ham bo’ladi. Bunday vaziyatda nima qilish mumkin? Yaroqlilik muddati o'tgan tovarlar sababli ko’riladigan zararlarni qanday kamaytirish mumkin?

Eng maqbul yechim tez buziladigan mahsulotga, bu holda non mahsulotlariga chegirmani o'rnatish bo'ladi, shunda chegirma ma'lum soatlarda amal qiladi. Masalan, do‘kon soat 00:00 da yopilsa, non mahsulotlariga chegirma soat 21:00 dan boshlab belgilanishi mumkin. Bunday aksiya iste'molchilarni mahsulotlarni arzonlashtirilgan narxda sotib olishga undaydi va biznes egasida zarar ko’rish xavfini kamaytiradi.

 

21:00 dan 23:59 gacha amal qiladigan non mahsulotlariga 10% chegirma qanday o'rnatiladi?

 

Avvalo, Store Managementda "Sodiqlik dasturi" bo'limiga kirishingiz kerak.

 

 

Yangi sodiqlik dasturini yarating va barcha kerakli parametrlarni belgilang:

  • Promoaksiya nomi
  • Promoaksiyaning boshlanish va tugash sanasi
  • Amal qilish kunlari va vaqtlari: 21:00 dan 23:59 gacha

 

Chegirma qo’llaniladigan mahsulotlar guruhini yarating. Buning uchun nomenklatura bo'limiga o'ting.

  

“Non mahsulotlari” deb nomlanadigan tovarlarning yangi guruhini yarating.

 

Sodiqlik dasturiga qayting, chegirma foizini va chegirma qo'llaniladigan mahsulotlar guruhini ko'rsating.

 

 

Promoaksiya tayyor! Endi non mahsulotlarini 21:00 dan 23:59 gacha arzonlashtirilgan narxda ya’ni 10% chegirma bilan sotishingiz mumkin.

 

Ehtimoliy kengaytirishlar

 

Ushbu promoaksiyani sizning sharoitlaringizga mos ravishda optimallashtirish mumkin. Misol uchun, agar sizda 24 soatlik do'koningiz bo'lsa, mahsulot sotishni rag'batlantirish uchun chegirmani kechalari ham o'rnatishingiz mumkin. Sizga barcha marketing faolliklarni avtomatlashtirishga Store Management dasturiy ta’minoti yordam beradi. Agar sizda ushbu dasturiy ta’minot hali o'rnatilmagan bo'lsa, mahsulot sahifasiga o'ting, so'rov qoldiring va menejerimiz tez orada siz bilan bog'lanadi.

Kontaktlaringizni qoldiring va mutaxassisning bepul maslahatini oling


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring