2+1 aksiyasini qanday sozlash mumkin?
- "Sodiqlik dasturi" bo’limiga o’ting. Sodiqlik dasturini yaratish uchun «Yaratish» tugmasidan foydalaning.
Store Management-ga misol
REGOS: Online-ga misol
- Sodiqlik dasturini yarating. Sodiqlik dasturining turini tanlang - chegirma (shartlar bo'yicha), ya’ni bunda tovar pozitsiyalari yoki chekdagi jami summaga ko’ra chegirma taqdim etiladi. Dastur nomini, aksiyaning boshlanish va tugash sanasini ko'rsating, "Faol" belgisini o'rnating, amal qilish kunlarini, boshlanish va tugash vaqtini, shuningdek, sodiqlik dasturini qo'llash tartibini (ustuvorlik) belgilang.
Store Management-ga misol
REGOS: Online-ga misol
- Sodiqlik dasturini sozlang. Sodiqlik dasturini yaratgandan so'ng, dastur shartlarini sozlash kerak. Buning uchun REGOS: Store Management -da yaratilgan sodiqlik dasturini tanlang va «Sozlamalar» tugmasini bosing yoki yaratilgan dastur ustiga ikki marta bosing. REGOS: Online-da yaratilgan dasturni tanlang va menyu orqali «Sozlamalar»ni tanlang.
Sozlash uchun quyidagi amallarni bajaring:
3.1 Umumiy sozlamalarda, nomenklaturada chegirma mavjud bo’lsa nima qilish kerakligini ko’rsating. Agar mahsulot ilgari boshqa sodiqlik dasturi bo'yicha chegirmaga ega bo'lsa, bu harakat amalga oshiriladi. Variantlar:
- Yig’indi – chegirma foizlarining yig’indisi olinadi;
- Almashtirish - faqat ushbu sodiqlik dasturidagi chegirmaga amal qilinadi;
- Qo’llamaslik - bu chegirma qo'llanilmaydi (boshqa chegirmalar qo'llaniladi).
3.2 Shartlar sozlamalarida qanday shartlar bajarilganda xaridorga chegirma berilishini ko’rsating. Yangi shartni qo'shish uchun «Yaratish» tugmasidan foydalaning.
Store Management-ga misol
REGOS: Online-ga misol
3.3 «Sozlamalar» bo'limida chegirma qo'llaniladigan chek obyektlarini ko’rsating va ustuvorlikni belgilang. 1 quti miqdoridagi olma sharbatiga 100% chegirmani o'rnating.
Store Management-ga misol
REGOS: Online-ga misol
3.4 «Shartlar» bo'limidagi ro'yxatda Sozlamalar bo'limida ilgari ko'rsatilgan chegirma taqdim etiladigan shartlar mavjud.
Yaratish tugmasi yordamida yangi shart qo'shiladi. Yangi shartni qo'shing: «Shampan vinosi» nomenklaturasini belgilang va chekda ikki shisha shampan vinosining mavjud bo’lish shartini belgilang.
Store Management-ga misol
REGOS: Online-ga misol
3.5 «Tegishli omborlar» yorlig'ida chegirma qo'llaniladigan omborlarni belgilang.
Store Management-ga misol
REGOS: Online-ga misol
- Kassada tekshirib ko’rish. Kassada shampan vinosi va sharbatning shtrix-kodlarni skanerlang. Aksiya shartlari bajarilsa, olma sharbati 100% chegirma bilan nol narxda sotiladi.
REGOS: POS-ga misol
REGOS: Online-ga misol
Xulosa
“Ikki shisha shampan vinosini sotib oling va olma sharbatini bepul oling” aksiyasi – bu Yangi yil arafasida bayramona kayfiyat yaratish va xaridlarni rag‘batlantirish uchun ajoyib taklifdir. Do’kon uchun bu savdo hajmi hamda mijozlarning sodiqligini oshirish va shampan vinosi kabi tez-tez xarid qilinmaydigan mahsulotlarni sotib olishga undash imkoniyatidir. Asosiysi, xaridorlar ushbu jozibador taklifni rad etmasdan, foydali bo’lgan shartlardan bahramand bo‘lishlari uchun REGOS xizmatidan foydalangan holda aksiyani malakali ravishda tashkil etishni ta'minlashdir.