Ushbu maqolada:
Ma’lum summaga xarid qilinganda sovg‘a berish aksiyasini tashkil qilish nima uchun kerak?
Turli promoaksiyalar mijozlarni ko‘proq hajmda xarid qilishga har doim rag‘batlantiradi. Do‘kon uchun bunday marketing faollik sotuvlarni ko‘paytirishga olib keladi. Mijoz do‘kondan bir marta savdo qilishda 200 000 so‘mdan boshlab tovar xarid qilganda, 1 dona Coca-Cola ichimligini sovg‘a sifatida oladigan aksiyani Store Managementda sozlashni ko‘rib chiqishni taklif qilamiz.
Bunday mexanika bilan sovg‘a olish uchun, mijoz o‘z pattasini kerakli summagacha yetkazishdan manfaatdor bo‘ladi. Do‘kon uchun bunday mexanika sotuvlarni ko‘paytirish va mijozlarning sodiqligini oshirishga ko‘maklashadi.
200 000 so‘mdan boshlab xarid qilinganda, bonus tovar berishni qanday qilib Store Managementda o‘rnatish mumkin?
1. Sodiqlik dasturlariga kiring.
2. Quyidagilar ko‘rsatilishi zarur bo‘lgan yangi dastur yarating:
- Promoaksiyaning turi – Chegirma (shart bo‘yicha)
- Aksiyaning nomi
- Aksiya o‘tkaziladigan davr
3. Ro‘yxatdagi bandlardan biriga 100% lik chegirma o‘rnating. Bizning holatimizda bu Coca-Cola.
4. Ro‘yxatdan bonus ichimlik – Coca-Colani tanlang.
5. Pattada 200 000 so‘mdan boshlangan summa ko‘rsatilishi zarur bo‘lgan shartni yarating.
Bir nechta oddiy qadamlar – va promoaksiya yaratildi! Endi, xaridorning pattasi 200 000 so‘mni tashkil qilganda, siz sovg‘aga 1 dona Coca-Cola berishingiz mumkin.
Imkoni bo‘lgan kengaytirishlar
Bu aksiyani nafaqat oziq-ovqat do‘konlari uchun, balki kiyim-kechak va poyabzal do‘konlari uchun ham qo‘llash mumkin. Masalan, agar pattadagi summa 500 000 so‘mdan ortgan bo‘lsa, siz sovg‘aga biror aksessuar berishingiz mumkin.
Oziq-ovqat do‘konlari uchun siz patta summasini o‘zgartirishngiz yoki bonus sifatida har qanday boshqa tovarni tanlashingiz mumkin. Masalan, agar sizning do‘koningizda mahsulotning yangi brendi taqdim etilsa, siz xaridorni shu tarzda yangilik bilan tanishtirishingiz mumkin.
Sotuvlarni avtomatlashtiring, promoaksiyalar uyushtiring va do‘konda o‘rtacha pattani oshiring!