O'z-o'ziga xizmat ko'rsatish kassalarining afzalliklari

O’z-o’ziga xizmat ko’rsatish kassalari yoki O’XKK yildan-yilga tobora ommalashib bormoqda, ular oziq-ovqat va nooziq-ovqat chakana savdo do’konlariga o'rnatilmoqda.

Nima uchun o’z-o’ziga xizmat ko’rsatish kassalari juda qulay? Xaridorning o'zi tovarni skanerdan o'tkazadi, karta orqali yoki elektron to'lov tizimlaridan foydalangan holda xarid uchun to'lovni amalga oshiradi va xarid tugaganidan so'ng QR kodli chek oladi.

Keling, o'z-o'ziga xizmat ko’rsatish kassasining barcha afzalliklarini ko'rib chiqaylik.

Birinchi afzallik - vaqtni tejash. Mijozlar kassada navbat kutishlari shart emas; ular mahsulotni o'zlari kiritib chiqishlari va xarid qilishlari mumkin.

Ikkinchi afzallik - joyni tejash. O'z-o'ziga xizmat ko'rsatish kassasini hatto eng kichik do'konda ham o'rnatish mumkin. O’XKKning o'lchami an'anaviy kassa stolidan 1,5-2 baravar kichik.

Uchinchi afzallik - ish haqini tejash. O'z-o'ziga xizmat ko'rsatish kassasi shaxsiy kassirni talab qilmaydi, shuning uchun qo'shimcha xodimlarni yollashni hojati yo'q.

O'z-o'ziga xizmat ko'rsatish tizimi aniq interfeysga ega va mutlaqo har bir mijoz mustaqil ravishda xarid qilish imkoniyatiga ega bo'ladi.

Kontaktlaringizni qoldiring va mutaxassisning bepul maslahatini oling


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring