Ushbu maqolada:
Nega ma’lum bir summaga yetganda chekning jami summasiga aksiyani qo’llash kerak?
Turli xil aksiyalar va marketing faoliyatlari har doim do'konda talabni ko’paytirishga, savdo ko’rsatkichlari va mijozlarning sodiqligini oshirishga yordam beradi. Promoaksiyalarning variantlari juda ko’p, ammo bugun mijoz bir martada 300 000 so‘m va undan ko‘p miqdordagi xaridni amalga oshirganda unga 5% chegirma taqdim etiladigan aksiyani tashkil etishni ko‘rib chiqishni taklif qilamiz.
Aksiyaning ushbu mexanizmi mijozni chek 300 000 so'm bo’lishi uchun ko'proq mahsulot sotib olishga undaydi. Binobarin, o'rtacha chek summasining o’sishi savdo hajmining oshishiga olib keladi.
300 000 so'mdan ortiq xaridni amalga oshirganda 5% chegirmaga ega bo'lish uchun REGOS: Store Management-da aksiyani qanday tashkil qilish kerak
1. Sodiqlik dasturlariga kiring.
2. Shartga ko'ra chegirmani yarating, unda aksiya haqida barcha kerakli ma'lumotlar ko'rsatiladi.
3. Barcha shartlarni ko’rsating:
- 5% chegirma
- Ma'lumot turi: Chek
4. Shartni ko’rsating:
- Qiymatlarda 300 000 deb yozamiz;
- Ma'lumotlar turi -> Chek;
- Shart -> Chegirmadan keyingi summa
Promoaksiya yaratildi! Endi mijoz bir martada 300 000 so‘m va undan ortiq summadagi xaridni amalga oshirsa, u chekning jami summasiga 5% chegirmani qo’lga kiritadi.
Texnik hujjatlar
Ehtimoliy kengaytmalar
Siz o’z do’koningiz turiga qarab, chekning jami summasini yoki chegirma foizini o'zgartirishingiz mumkin. Misol uchun, kiyim-kechak va poyafzal do‘konida chek summasini 1 000 000 so‘m va chegirma foizini 10% qilib belgilashingiz mumkin. Bularning barchasi sizning marketing strategiyangizga bog'liq.
Store Management-da aksiyalar sozlamasi moslashuvchan, va siz har doim uni o’zingiz va do’koningizga moslashtirishingiz mumkin. O’z biznesingizni REGOS bilan rivojlantiring!