Raqamli markirovkani talab qiladigan mahsulotlar bilan ishlash bo‘yicha huquqiy normalar

Raqamli markirovkani talab qiladigan mahsulotlar bilan ishlash bo‘yicha huquqiy normalar

Ushbu maqolada biz raqamli markirovkaga ega mahsulotlarni tegishli uskunalarsiz sotayotgan tadbirkorlarga qanday chora-tadbirlar qo‘llanilishi va soxta mahsulotlar yoki qalbaki markirovkaga ega mahsulotlarni sotish uchun qanday sanksiyalar qo’llanilishi haqida gapirib beramiz.

Ushbu maqolada:

  1. Raqamli markirovkaga ega mahsulotlarni sotish qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik
  2. Qalbaki mahsulotlarni sotish uchun jinoiy javobgarlik
  3. Marketpleyslar uchun markirovka qoidalari
  4. Raqamli markirovka bilan ishlash uchun uskunalar

Raqamli markirovkaga ega mahsulotlarni sotish qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik

Agar raqamli markirovkaga ega mahsulotlar zarur bo’lgan o‘qish moslamasidan (2D-skaner) foydalanmasdan sotilganligi aniqlansa, tadbirkor o‘z shaxsiy kabineti orqali ogohlantirish oladi.

Bundan tashqari, quyidagi choralar ko'riladi:

  1. Huquqbuzarlik birinchi marta sodir etilgan taqdirda tadbirkor shaxsiy kabineti orqali ogohlantirish oladi.
  2. Agar bir oy ichida takroran sodir etilgan huquqbuzarlik aniqlansa, soliq tekshiruvi huquqbuzarlik sodir etilgan chorak uchun belgilanadi.
  3. Agar bunday huquqbuzarlik soliq tekshiruvi tugaganidan keyin bir oy ichida qayta takrorlansa, tadbirkor xabardor qilinmagan holda unga nisbatan rejadan tashqari bo’lgan soliq tekshiruvi tayinlanadi.

Qalbaki mahsulotlarni sotish uchun jinoiy javobgarlik

2026-yil 1-avgustga qadar Soliq qo‘mitasiga boshqa vazirliklar va idoralar bilan birgalikda, soxtalashtirilgan (kontrafakt) mahsulotlar yoki soxta markirovka kodlariga ega mahsulotlarni sotish uchun importyorlar, ishlab chiqaruvchilar, hamda ulgurji va chakana sotuvchilarga nisbatan jinoiy javobgarlikni joriy etuvchi normativ hujjatni ishlab chiqish topshirilgan. Bunday mahsulotlar musodara qilinishi kutilmoqda.

2024-yil 1-noyabrga qadar raqamli markirovkaga ega bo‘lgan mahsulotlarning ulgurji savdosini to‘liq naqd pulsiz to‘lovlarga o‘tkazish majburiyatini yuklovchi normativ hujjatni tayyorlash rejalashtirilgan.

 

Marketpleyslar uchun markirovka qoidalari

Marktpleyslarga nisbatan markirovka qoidalariga rioya qilinmaslik uchun jarimalarni joriy etish taklifi ishlab chiqiladi. Shuningdek, birjalar va elektron savdo platformalaridagi sotuvchilarni Asl Belgisi tizimida ro‘yxatdan o‘tishga majbur qilish vazifasi qo‘yilgan.

2025-yilning yanvar oyidan boshlab markirovka tizimida sotuvchi ishtirokini tekshirishni joriy etish rejalashtirilmoqda.

Raqamli markirovka bilan ishlash uchun uskunalar

 Soliq tizimiga oid qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘ymaslik uchun o'z do‘koningizda 2D skaner o‘rnatish va ish faoliyatingizni O‘zbekiston qonunchiligiga muvofiq olib borishingizni tavsiya qilamiz.

Biz onlayn do'konimizda mavjud bo'lgan 2D skanerlar tanlovini taklif etamiz: 

 Shuningdek, siz mahsulotlarning to'liq assortimenti taqdim etilgan sahifaga tashrif buyurishingiz mumkin:  REGOS onlayn-do'koniga havola

Kontaktlaringizni qoldiring va mutaxassisning bepul maslahatini oling


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring