1+1=3 aksiyasi: uchta ichimlikni ikkita ichimlik narxida sotishni qanday sozlash mumkin

Marketing bozoridagi eng ommabop aksiyalardan biri bu 1+1=3 bo‘lib, bunda mijoz ikkita mahsulot sotib olib, uchinchisini sovg‘a sifatida oladi. Ichimliklar misolida ushbu aksiya mexanikasini ko'rib chiqamiz.

 

Ushbu maqolada:

  1. 1+1=3 aksiyasini nega o'rnatish kerak
  2.  Store Management dasturida 1+1 aksiyasini qanday sozlash mumkin
  3. Ehtimoliy kengaytirishlar

1+1=3 aksiyasini nega o'rnatish kerak

1+1 aksiyasi keng ommalashgan bo'lib, u har doim mijozlar tomonidan yengil qabul qilinadi. 1+1 aksiyasini sozlash orqali yangi mijozlarni aynan sizning do'koningizga kelishga undashingiz va shu bilan savdo ko’rsatkichlarini oshirishingiz mumkin. Aksiyaning afzalligi shundan iboratki, uni oziq-ovqat mahsulotlariga ham, nooziq-ovqat mahsulotlariga ham qo’llash mumkin.

Store Management dasturi yordamida do'konda istalgan ikkita ichimlikni sotib olish va uchinchisini sovg'a sifatida olish mumkin bo'lgan variantni ko'rib chiqamiz.

 Store Management dasturida 1+1 aksiyasini qanday sozlash mumkin

1. Avvalo, Sodiqlik dasturiga o’ting.

2. Chegirma (shart bo’yicha) promoaksiyasi turini tanlab, yangi sodiqlik dasturini yarating. Aksiya nomini va sanasini kiriting.

3. Aksiya tavsifini saqlaganingizdan so'ng, barcha shartlarni ko’rsating. Bitta ichimlik uchun 100% chegirmani o'rnating, ya'ni "Miqdor" ustunida 1 ni ko'rsating. “Ichimliklar” nomenklatura guruhini tanlang, chunki aynan ushbu toifa uchun chegirma qo’llaniladi.

 

4. Shartni yarating va aksiya faqat 2 ta ichimlik sotib olganda amal qilishini ko'rsating. Nomenklatura guruhini ko’rsating: Ichimliklar va qiymatlarda 2 raqamini yozing.

 

Promoaksiya yaratildi! Endi siz quyidagi mexanika yordamida savdoni amalga oshirishingiz mumkin: agar xaridorning chekida ikkita ichimlik bo'lsa, uchinchisini bepulga olish mumkin

 Hujjatlarga havola

 

Ehtimoliy kengaytirishlar

Promoaksiyani sozlashning tavsiflangan mexanikasini do'koningiz sharoitlariga va o’tkazilayotgan marketing faoliyatiga moslashtirilish mumkin. Variantlarga misollar:

1. Har qanday 2 ta ichimlikni sotib olganingizda, har qanday ichimlikni sovg'a sifatida oling.
2. Har qanday 2 ta ichimlikni sotib olganingizda, ma’lum bir ichimlikni sovg’a sifatida oling.
3. Belgilangan 2 ta ichimlikni sotib olganingizda, har qanday ichimlikni sovg'a sifatida oling.
4. Belgilangan 2 ta ichimlikni sotib olganingizda, ma’lum bir ichimlikni sovg’a sifatida oling.

Aksiya nafaqat oziq-ovqat mahsulotlariga, balki kiyim-kechak, poyabzal, aksessuarlar va boshqalar kabi nooziq-ovqat mahsulotlariga ham qo'llanilishi mumkin.

Store Management dasturi moslashuvchan va ko'pgina do'konlarga mos keladi. Agar siz hali dasturni o'rnatmagan bo'lsangiz, so'rovni qoldiring va menejerimiz siz bilan bog'lanadi.

Kontaktlaringizni qoldiring va mutaxassisning bepul maslahatini oling


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring