Ishga yaroqsiz onlayn NKT-dan foydalanganlik uchun jarima solinadi

Onlayn NKT-ning ishga yaroqliligini nazorat qilish usullaridan biri - bu texnik talablarga muvofiqligi bo'yicha ekspertiza o'tkazishdir.

Onlayn NKT-ning texnik talablarga javob bermaydigan ishga yaroqsizlik belgilariga shubha tug‘ilganda yoki aniqlanganda dasturiy ta’minot va fiskal modulga ega kassa uskunasi ekspertiza o‘tkazish uchun olib qo‘yiladi.

Agar qonunbuzarliklar aniqlansa, 20 000 000 so‘m (yigirma million so‘m) miqdorida jarima solinadi.

Jarimalarning oldini olish uchun TXM-dan sizning onlayn NKT ishga yaroqliligi to'g'risida xulosa olish tavsiya etiladi.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring