Select your language

(55) 501-00-30 Qo‘llab-quvvatlash markazi

EasyTrade yoki REGOS: o‘sib borayotgan biznes uchun ekspert taqqoslash

EasyTrade yoki REGOS: o‘sib borayotgan biznes uchun ekspert taqqoslash

Mening ismim Anastasiya. Bir necha yildan beri savdoni avtomatlashtirish sohasida tadbirkorlar bilan ishlayman. Shu vaqt ichida ko‘plab bizneslarning qanday boshlanib, rivojlanib, kengayib borishini va ma’lum bir bosqichda ishni aynan boshlagan dastur imkoniyatlari yetarli bo‘lmay qolishini ko‘p kuzatganman.

Eng ko‘p beriladigan savollardan biri:
“Biz EasyTrade’dan foydalanamiz. REGOS’ga o‘tishning ma’nosi bormi?”

Quyida men EasyTrade nega ko‘proq boshlang‘ich bosqichga mos kelishi, REGOS esa rivojlanayotgan biznesning hozirgi ehtiyojlariga yaxshiroq javob berishini professional nuqtayi nazardan tushuntiraman.

Ushbu maqolada:

  • EasyTrade nega start uchun qulay, ammo o‘sishni cheklaydi;
  • REGOS nimasi bilan zamonaviy yechim hisoblanadi;
  • tizimni almashtirganda biznes qanday yangi imkoniyatlarga ega bo‘ladi;
  • REGOS qaysi vazifalar uchun eng mos.

Ushbu maqolada:

  1. EasyTrade – boshlang‘ich bosqich uchun yechim
  2. REGOS – biznesni boshqarish uchun zamonaviy tizim
  3. REGOS’ning asosiy imkoniyatlari
  4. REGOS kimlar uchun eng mos

EasyTrade – boshlang‘ich bosqich uchun yechim

EasyTrade uzoq vaqt davomida tadbirkorlarga savdoni yo‘lga qo‘yishda yordam berdi: savdolarni yuritish, tovarlarni hisobga olish, kassani ulash. Kichik do‘kon uchun boshlanishida bu yetarli bo‘lishi mumkin.

Ammo vaqt o‘tib biznes o‘zgaradi va yangi vazifalar paydo bo‘ladi:
onlayn savdo(marketplace)dokonlari, yetkazib berish, aksiyalar, masofadan nazorat, tahliliy hisobotlar.

Shu yerda bir narsa aniq bo‘ladi: EasyTrade — eskirgan vosita, u zamonaviy savdo ssenariylari va biznesni kengaytirish uchun mo‘ljallanmagan.

REGOS – biznesni boshqarish uchun zamonaviy tizim

REGOS – bu oddiy hisob dasturi emas, balki savdo biznesini to‘liq boshqarish tizimi bo‘lib, tadbirkorlarning hozirgi va kelajakdagi ehtiyojlari asosida ishlab chiqilgan.

Bitta tizim orqali siz quyidagilarni boshqarasiz:

  • do‘konlar va savdo nuqtalari;
  • onlayn savdo va yetkazib berish;
  • ombor va qoldiqlar;
  • aksiyalar va sodiqlik dasturlari;
  • mijozlar va xodimlar.

REGOS’ning asosiy imkoniyatlari

Tovarlar ustidan to‘liq nazorat

Katta assortimentga ega bizneslar uchun ayniqsa muhim:

  • shtrix-kodlarni avtomatik yaratish;
  • variantli va kompleks (komplekt) tovarlar;
  • brend, o‘lcham, rang, bo‘limlar bo‘yicha tasniflash;
  • IKPU va qadoqlash kodlarini ichki qidirish.

Bulutli ma’lumotlar saqlash

Ma’lumotlar ishonchli himoyalangan va istalgan qurilmadan mavjud.
Biznesni nazorat qilish uchun do‘konda bo‘lish shart emas.

Mobil qurilmalardan boshqarish

IOS va Android uchun veb-ilova orqali siz:

  • tushumni kuzatishingiz;
  • narxlarni o‘zgartirishingiz;
  • aksiyalarni ishga tushirishingiz;
  • real vaqt rejimida hisobotlarni ko‘rishingiz mumkin.

Bu tadbirkorlar uchun eng qimmatli imkoniyatlardan biridir.

Ma’lumotlarni eksport qilish

Hisobotlar va ma’lumotnomalar Excel formatiga yuklab olinadi, bu esa tahlilni ancha osonlashtiradi.

Savdo uskunalarini ulash

REGOS quyidagi uskunalar bilan ishlaydi:

  • чек va yorliq printerlari;
  • shtrix-kod skanerlari;
  • tarozilar (tarmoq va platformali);
  • narx tekshiruvchilar, displeylar;
  • pul qutilari va klaviaturalar.

Marketingni avtomatlashtirish

Xabarnomalar va tarqatmalar:

  • Telegram-bot;
  • SMS orqali amalga oshiriladi.

Moslashuvchan ruxsatlar tizimi

Xodimlar uchun aniq vakolatlarni belgilash mumkin. Bu ichki nazorat va xavfsizlik uchun juda muhim.

Integratsiyalar va kengaytirish imkoniyatlari

Tayyor integratsiyalar

REGOS quyidagi xizmatlar bilan integratsiyalashgan:
1C, Uzum Tezkor, Yandex Yeda, Faktura.uz, GetSMS, Eskiz.uz.

Ochiq API

REGOS saytlar, mobil ilovalar va tashqi servislar bilan oson integratsiya qilinadi.

Barcha buyurtmalar – bitta oynada

Do‘kon, sayt, Telegram-bot orqali kelgan barcha buyurtmalar yagona tizimda qayta ishlanadi. Hech qanday chalkashlik va yo‘qotishsiz.

REGOS kimlar uchun eng mos

✔️ bitta do‘kon va yirik savdo tarmoqlari uchun
✔️ onlayn savdo qiluvchilar va marketplace sotuvchilari uchun
✔️ o‘sishni rejalashtirayotgan bizneslar uchun
✔️ nazorat, tezlik va tahlilni qadrlaydigan tadbirkorlar uchun

Xulosa

Mening REGOS’ni tanlashim asosiy maqsad bir dasturni boshqasiga almashtirish emas, balki biznes hal qilayotgan vazifalar darajasining o‘zgarishi bilan bog‘liq.

Boshlang‘ich bosqichda oddiy yechimlar yetarli bo‘lishi mumkin, ammo biznes o‘sgani sayin yanada moslashuvchan va zamonaviy boshqaruv tizimiga ehtiyoj paydo bo‘ladi.

Shu nuqtayi nazardan qaraganda, REGOS — mantiqiy va to‘g‘ri keyingi qadam hisoblanadi.


Select your language