Hurmatli tadbirkorlar!
20-noyabr 2020 yil sanadan boshlab O’zbekiston Respublikasi hududida majburiy raqamli belgilash (markirovka) amal qilishni boshlaganligiga e’tiboringizni qaratmoqchimiz.
Ushbu chora mahsulotlar sifatini oshirishga qaratilgan.
Belgilash quyidagi mahsulotlar uchun majburiy:
• Tamaki mahsulotlari 1-oktyabr 2022 yildan;
• Alkogol mahsulotlari 1-yanvar 2021 yildan;
• Pivo pishirish mahsulotlari 1-aprel 2021 yildan;
• Dori va tibbiyot mahsulotlari 1-sentyabr 2022 yildan;
• Suv va salqin ichimliklar 1-iyul 2023 yildan;
• Maishiy texnika
a) birinchi guruh 15-aprel 2022 yildan;
b) ikkinchi guruh 1-avgust 2022 yildan;
v) uchinchi guruh 1-noyabr 2022 yildan.
REGOS: POS dasturiy ta’minoti REGOS: VCR bilan biriktirilgan holda majburiy belgilash talab etiladigan mahsulotlar bilan ishlash jarayonini tez va qulay amalga oshirishni ta’minlaydi. Mahsulotni chekga qo’shish uchun belgini skanerlash kifoya qiladi.