"REGOS" xizmati uchun to’lovni qanday amalga oshirish kerak?

"REGOS" xizmati uchun to’lovni qanday amalga oshirish kerak?

Yangi mijozlar orasida eng ko'p beriladigan savollardan biri bu: "REGOS" (Store Management, POS, SelfPOS, CashServer dasturiy ta'minoti) xizmati uchun abonent to'lovini qanday amalga oshirish kerak?”. Ushbu maqolada biz buni qanday amalga oshirish haqida batafsil aytib o’tamiz.

Ushbu maqolada:

  1. “REGOS” xizmati uchun to'lov variantlari
  2. PAYNET bankomati orqali to’lov
  3. PAYNET mobil ilovasi orqali to’lov
  4. REGOS: Online shaxsiy kabinet orqali to'lov
  5. Kompaniyaning ofisida naqd pul bilan to'lov

“REGOS” xizmati uchun to'lov variantlari

 Jismoniy shaxslar Ommaviy ofertaga muvofiq birlamchi to‘lovni amalga oshiradilar (Ommaviy oferta bilan bu yerda tanishib chiqishingiz mumkin). Keyinchalik, abonent to'lovi har oy to'lanadi.

Jismoniy shaxslar uchun to'lov variantlari:

  • PAYNET bankomati orqali (faqat naqd pul qabul qilinadi);
  • PAYNET mobil ilovasi orqali (plastik karta orqali to'lov);
  • REGOS: Online ilovasidagi shaxsiy kabinet orqali;
  • Kompaniya ofisida naqd to'lov.

Bankomat yoki PAYNET mobil ilovasi orqali to‘lovni amalga oshirishda REGOS akkauntingizga bog’langan telefon raqamini kiritish muhim hisoblanadi.

Endi esa jismoniy shaxslar uchun har bir to'lov usulini batafsil ko'rib chiqamiz.

 

PAYNET bankomati orqali to’lov

PAYNET bankomatlari Toshkent shahrida va O‘zbekistonning boshqa viloyatlarida o‘rnatilgan. 

 

 Quyida ular orqali to’lovni amalga oshirish ko’rsatilgan:

  1. Bankomatning asosiy ekranidagi qidiruvga “REGOS” nomini kiriting.
  2. Paydo bo’lgan belgini tanlang.
  3. REGOS akkauntingizga bog'langan telefon raqamini kiriting.
  4. Kerakli miqdorni pulni qabul qiluvchi darcha orqali kiriting.

Ushbu usul orqali faqat naqd to’lovni amalga oshirish mumkin.

PAYNET mobil ilovasi orqali to’lov

Bu eng qulay to'lov usuli hisoblanadi. Sizga faqatgina Internetga ulangan mobil telefon kerak bo’ladi.

Agar sizda hali PAYNET mobil ilovasi bo‘lmasa, uni Google Play yoki App Store-dan yuklab olishingiz mumkin.

Ilova orqali toʻlash uchun quyidagi amallarni bajaring:

1. Asosiy ekrandagi "To'lov" bo'limiga o'ting;

2. Qidiruv satriga kompaniya nomini kiriting: REGOS;

 

 3. REGOS akkauntizga ulangan telefon raqamini kiriting;

 

4. Pul mablag'larini yechib olish uchun plastik kartani tanlang va to'lov miqdorini kiriting.

 

Tayyor! Bir necha marta bosish orqali siz “REGOS” xizmati uchun abonent toʻlovini toʻlaysiz. Batafsil video ko'rsatmalarni esa YouTube kanalimizda topishingiz mumkin.

  

REGOS: Online shaxsiy kabinet orqali to'lov

 Agar siz REGOS: Online ilovasidan foydalansangiz, to’lovni quyidagi tarzda amalga oshirishingiz mumkin:

 1. Shaxsiy profilingizdagi shaxsiy kabinetga kiring.


2. Balans aks ettiriluvchi bo'limga kiring

 

3. Keyin esa “Balansni to'ldirish” tugmasini bosing


4. Kerakli miqdorni kiriting

5. Siz uchun to'lovni amalga oshirish qulayroq bo'lgan to'lov tizimini tanlang.

 REGOS: Online ilovasi orqali to'lov tizimlaridan foydalangan holda qulay to’lov usuli

Kompaniyaning ofisida naqd pul bilan to'lov

Shuningdek, siz o’z abonent hisobingizni naqd pul bilan quyidagi manzilda joylashgan bizning ofisimizda to'ldirishingiz mumkin: Toshkent, Muqimiy ko’chasi, tor ko’cha №1, uy № 8А. Ofis dushanbadan jumagacha soat 10:00 dan 19:00 gacha ishlaydi.

Biz “REGOS” xizmatidan foydalanish uchun barcha mavjud to'lov usullari haqidagi ma’lumotni keltirib o'tdik. O'zingiz uchun eng qulay bo'lgan variantni tanlang!

Savollaringiz bo'lsa +998555010030 raqamiga murojaat qiling. Biz har doim sizga yordam berishdan mamnunmiz!

 

Kontaktlaringizni qoldiring va mutaxassisning bepul maslahatini oling


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring