Bugun biz hisobotlarning yangi versiyasi ishga tushirilganini mamnuniyat bilan e'lon qilamiz. So‘nggi uch oy davomida hisobotlar modulini qayta ko‘rib chiqish va qayta yozish uchun ko‘p ishladik. Ushbu ishimiz natijasida hisobotlarning sozlanuvchanligi va qamrovini saqlab qolgan holda, ularni soddalashtirishga va tushunish oson bo’lishiga erishdik.
Biz yangi modulni sinchkovlik bilan sinab ko'rdik, biroq uning ishida dastlabki bosqichlarda kichik xatolar yuzaga kelishi mumkinligini istisno etmaymiz. Agar siz bunday xatolarni topsangiz, iltimos, bizning qo'llab-quvvatlash xizmatimizga murojaat eting. Biz muammoni tez fursatda ko'rib chiqamiz va uni bartaraf etamiz.
Tushunganingiz va qo'llab-quvvatlaganingiz uchun tashakkur bildiramiz!
Eslatib o'tamizki, hisobotlarning yangi versiyasidan foydalanish uchun Regos: Store Management dasturini yangilashingiz kerak bo’ladi.