Avvalroq sizga 2–7 aprel kunlari texnik ishlar olib borilishini ma’lum qilgan edik. Shu vaqt ichida kechki soatlarda servis vaqtincha ishlamasligi mumkin edi.
Aslida biz shunchaki “ko‘chmagan” edik — biz butun server infratuzilmasini qayta qurdik.
Nega bunday qildik?
Sizning fikrlaringizni eshitdik, tizimning ishini chuqur tahlil qildik, zaif va kuchliroq joylarini aniqladik, ishonchli platformaga o‘tishga qaror qildik.
Shu kunlarda nimalarga erishdik:
Tier 3 darajasidagi ishonchli data-markazga ko‘chdik;
Servis tezligini 3 barobarga oshirdik;
Zaif joylar va muammolarni yo‘q qildik;
Yangi barqaror infratuzilmani sozladik;
Har bir mijoz uchun maksimal uzilish 1,5 soatdan oshmadi.
Savdo sohasida servisning uzluksiz ishlashi naqadar muhimligini juda yaxshi bilamiz.
Endilikda REGOS — tezroq, ishonchliroq va har qanday yuklanishga tayyor.
Biz bilan birgaligingiz uchun rahmat!