Ushbu maqolada:
Ushbu maqolada bizning dasturiy ta'minotimizga o'tishda mumkin bo'lgan chegirmalar haqida batafsil aytib beramiz.
EasyTrade-dan REGOS dasturiy ta'minotiga o'tishda chegirma
Mijoz EasyTrade dasturiy ta'minotini o'rnatgan, lekin unga kengaytirilgan funksional kerakligini tushunadigan holatlar mavjud. Bunday holda, biz REGOS-ga o'tish uchun chegirmalarning moslashuvchan tizimini taqdim etishimiz mumkin.
Chegirma shartlari va foizi:
- Agar EasyTrade 30 kun oldin yoki undan kamroq vaqt oldin o'rnatilgan bo'lsa, REGOS-ga o'tishda chegirma miqdori 50% ni tashkil qiladi.
- Agar EasyTrade dasturi 30 dan 90 kungacha oldinroq o'rnatilgan bo'lsa, chegirma 35% ni tashkil qiladi.
- Agar dastur 90 dan 180 kungacha oldinroq o'rnatilgan bo'lsa, chegirma 20% ni tashkil qiladi.
- Agar EasyTrade dasturiy ta'minoti 180 kundan ko'proq vaqt oldin o'rnatilgan bo'lsa, chegirma foizi 10% ni tashkil qiladi.
Chegirmalar tizimi bizning mijozlarimizga bir dasturiy ta'minotdan ikkinchisiga minimal xarajat va maksimal qulaylik bilan o'tish imkonini beradi.
Har qanday boshqa dasturdan REGOS-ga o'tishda chegirma
Agar foydalanuvchida Billz, МойСклад, Sellerpeak 24, Open Engine, Paloma 365, iCORP, RSG, HIPPO, SmartUp, OX System, Business Explorer, JetPos, MDokon, UzScan, YesPos, 1с, Штрих-М Кассир, Frontol, Artix va b.kabi savdoni avtomatlashtirish uchun boshqa dasturiy ta'minotar o`rnatilgan bo'lsa, unda REGOS-ga foyda bilan o'tish mumkin.
Chegirma miqdori:
- Boshqa dasturiy ta'minotdan REGOS-ga o'tishda 10% chegirma taqdim etiladi.
Chegirma faqat foydalanuvchi savdoni avtomatlashtirish uchun dasturiy ta`minotni butunlay o'zgartirgan taqdirda amal qiladi. Masalan, agar foydalanuvchi qo'shimcha savdo shoxobchasini ochsa va REGOS-ni o'rnatishni rejalashtirsa, unda chegirma qo'llanilmaydi.
Boshqa dasturiy ta`minotdan REGOS-ga o'tish muhim omil hisoblanadi. Agar savdo shoxobchasida savdoni avtomatlashtirish dasturi ilgari o'rnatilmagan bo'lsa, unda chegirma taqdim etilmaydi.
REGOS mijozi bo'ling va savdoni avtomatlashtirishning barcha imkoniyatlaridan foydalaning!