"Regos" xizmatini avtorizatsiya qilish tartibi

Hurmatli foydalanuvchilar!

Sizga "Regos" servisida tizimga kirish tartibidagi muhim o’zgarish haqida xabar beramiz.

Sizning qulayligingiz uchun biz login va parol kiritish orqali tizimga kirish usulidan zamonaviyroq va xavfsizroq bo’lgan, sizning telefon raqamingizga asoslangan usulga o’tdik. Endilikda tizimga kirish uchun siz o’z telefon raqamingizdan foydalanishingiz kerak bo’ladi.
Bundan tashqari, biz yuklamani tahlil qilish, to’lovlar tarixini ko’rish va oyma-oy abonent to’lovini to’lash imkoniyatlarini yaxshilagan holda, billing bo’limiga ma’lum bir o’zgartirishlar kiritdik. Bu barcha funksiyalar REGOS: Online shaxsiy kabinetining yon menyusida mavjud.

Bu o’zgarishlar bizning web-ilovamizdan foydalanish jarayonini yanada qulay qilishiga ishonchimiz komil.


Agar siz Regos:Strore Management yoki Regos: Online tizimlariga kira olmayotgan bo’lsangiz va sizda “Noto’g’ri login yoki parol” xatoligi chiqayotgan bo’lsa, u holda siz parolni tiklash amaliyotini bajarishingiz kerak bo’ladi.

Buning uchun bu (ссылка):
https://regos.online/uz/reset_password
havolaga o’tib, telefon raqamingizni kiritib, “Parolni o’zgartirish” ni bosing.

Parolni o’zgartirganingizdan keyin siz Regos:Strore Management yoki Regos: Online tizimiga telefon raqamingiz orqali kirishingiz mumkin.

Agar sizda biron-bir savollaringiz qolgan bo’lsa, iltimos, bizning qo’llab-quvvatlash xizmatimizga murojaat eting. @regos_uzbot

Hurmat ila,
REGOS Software.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring