Nima uchun chakana savdo do'konida kombinirlangan chegirmani o'rnatiish kerak?
Mijozlar ko'pincha tovarlarni aksiya narxlarida sotib olishadi va agar siz aksiyani to'g'ri rejalashtirsangiz va sozlasangiz, bunday marketing faollik foyda keltiradi. Oziq-ovqat mahsulotlari kundalik talabga ega, shuning uchun ular uchun promoaksiyalar doimo dolzarb bo'lib qoladi.
Aksiyaga misol: xaridor ikkita o'ram makaron sotib oladi va ketchupga 15% chegirmaga ega bo'ladi.
Mijoz uchun bu foydali taklif, chunki ko'pchilik makaronni ketchup bilan iste’mol qiladi. Marketing nuqtai nazaridan, aksiya ketchupga bo'lgan talabni oshirish imkonini beradi. Agar siz ketchupning ma'lum bir brendi aksiyada ishtirok etishi sharti qo'yilsa, ma'lum bir brendning savdosini rag'batlantirish mumkin. Bundan tashqari, mahsulotning yaroqlilik muddati tugashi xavfini kamaytirish uchun ketchupning katta hajmda qoldig'i mavjud bo'lganda aksiyadan foydalanish mumkin.
Chekda ikkita o'ram makaron bo'lsa, “Store Management” dasturida ketchupga 15% chegirmani qanday o'rnatish mumkin?
1. Store Management dasturida "Sodiqlik dasturlari (Programma loyalnocti)" bo'limiga o'ting.
2. “Chegirma (shart bo'yicha)” promoaksiya turini tanlab, yangi sodiqlik dasturini yarating va kerakli ma’lumotlarni yozing:
- Aksiya nomi
- Aksiyaning amal qilish davri
- Aksiya amal qiladigan hafta kunlari
- Aksiyaning amal qilish vaqti
3. Ketchup uchun aksiya bir oy amal qilishini ko'rsating.
4. Promoaksiya sozlamalarida nomenklatura guruhiga - ketchupning ma'lum bir brendi, masalan, HEINZ 15% chegirmani ko'rsating.
5. Nomenklaturada aksiya ishga tushadigan mahsulotlar guruhini yarating va ko'rsating, masalan, MAKFA makaronlari. Ketchupga chegirma faqat chekda ikkita o'ram makaron bo'lsagina, mavjud bo'lishi shartini qo'ying. Buni amalga oshirish uchun "Chekda mahsulot/guruh mavjudligi" ni tanlang va 2 qiymatini o'rnating.
Mumkin bo'lgan kengaytmalar
REGOS:Store Management-da promoaksiya sozlamalari juda moslashuvchan va sizning shartlaringizga moslashtirilishi mumkin. Misol uchun, aksiya ma'lum kunlar yoki soatlarda amal qilishini ko'rsatish mumkin. Shuningdek, aksiya shartlarini mijoz ikkita o'ram makaron va ikkita o'ram guruch sotib olayotganda nafaqat ketchup, balki mayonezga ham chegirmaga rga bo'lishi uchun kengaytirish mumkin.
Agar sizda hali ham REGOS:Store Management dasturi bo'lmasa yoki uni sozlashda qiynalayotgan bo'lsangiz, +998 (55) 501 00 30 raqamiga qo'ng'iroq qiling va biz barcha savollaringizga javob beramiz.
Aksiyaning texnik hujjatlariga havola