Ushbu maqolada:
Variativ tovar bu nima?
Variativ tovar — bu o’z xarakteristikalari bo'yicha bir-biridan farq qiladigan, ammo bir asosiy nomenklaturaga tegishli bo'lgan bir nechta variatsiyalarga ega tovar hisoblanadi. IPhone 16 misolida, variatsiyalar rang, xotira hajmi yoki boshqa funksiyalariga ko’ra farq qilishi mumkin, ammo ularning barchasi bir - smartfonlar toifasiga tegishlidir. REGOS xizmatida variativ tovar individual xususiyatlarga ega bo'lgan bir nechta tovar variantlarini birlashtiruvchi asosiy nomenklatura hisoblanadi.
Misol:
- Asosiy nomenklatura: iPhone 16
- Variatsiyalar: iPhone 16, 128GB, qora; iPhone 16, 256GB, oq; iPhone 16, 512GB, moviy.
Har bir variatsiya alohida xususiyatlarga ega bo'lgan tovar hisoblanib, ularning har biri o’z narxiga ega bo'lishi mumkin. Bu tovarlar assortimenti bilan ishlashni soddalashtiradi, qolgan tovarlarni aniq hisobga olish va individual xususiyatlarga ko'ra sotishni tashkil qilish imkonini beradi.
iPhone 16-ning asosiy nomenklaturasini yaratish
Birinchi qadam – bu iPhone 16 uchun asosiy nomenklaturani yaratishdir. Bu barcha variatsiyalarni birlashtiruvchi asosiy tovar hisoblanadi. Muhimi shundaki, asosiy nomenklaturaning o’ziga narxni belgilab bo’lmaydi. Narx faqat har bir tovar variatsiyasi uchun belgilanadi.
1. "Ma’lumotnomalar" bo’limida "Nomenklatura"ni tanlang va iPhone 16 uchun asosiy nomenklaturani yarating.
Store Management-ga misol
REGOS: Online-ga misol
2. "Asosiy" yorlig'ida nomenklaturaning zaruriy parametrlarini to’ldirib chiqing.
iPhone 16 uchun variatsiyalarni qo’shish
Har bir variatsiya uchun, masalan, turli ranglar va xotira hajmlari uchun alohida tovar pozitsiyalari yaratiladi. Bu variatsiyalar quyidagilarni o'z ichiga olishi mumkin:
- Rang: qora, oq, moviy.
- Xotira hajmi: 128GB, 256GB, 512GB.
Nomenklaturani yaratgandan so’ng "Xarakteristikalar" yorlig'ida asosiysi bo’lmish- Phone 16-ning asosiy nomenklaturasini ko'rsating.
Store Management-ga misol
REGOS: Online-ga misol
Bunda har bir variatsiyada o'z artikuli, narxi va ombordagi miqdori bo’lishi mumkinligi ko’rsatish muhimdir. Misol uchun, 128 Gb xotiraga ega iPhone 16 512 Gb xotiraga ega modeldan arzonroq bo'ladi.
Store Management-ga misol
REGOS: Online-ga misol
Variativ tovarlar haqida qo'shimcha ma'lumotni siz quyidagi maqolada topishingiz mumkin: Variativ tovar: bu nima va undan savdoda qanday foydalaniladi - REGOS Software.
Xulosa
REGOS xizmatida iPhone 16-ni variativ mahsulot sifatida ro'yxatga olish savdo va hisobga olish jarayonlarini sezilarli darajada soddalashtiradi. REGOS tizimi iPhone 16-ning turli ranglari va xotira hajmlari uchun turli narx toifalarini boshqarishni osonlashtiradi. Bu ichki jarayonlarni yaxshilaydi va xaridorlarning tanlashi va sotib olish uchun ajoyib sharoitlarni yaratgan holda ular uchun xarid jarayonini qulayroq qiladi.