Variativ tovar: bu nima va u savdoda qanday ishlatiladi

Variativ tovar: bu nima va u savdoda qanday ishlatiladi

Jahon chakana savdosida, ayniqsa kiyim-kechak va poyabzal do'konlarida, katta assortimentdagi tovarlarni boshqarish qiyin bo'lishi mumkin. Ko'p hollarda, kichik xususiyatlari — masalan, o'lchami, rangi yoki materiali bilan farqlanuvchi tovarlarni samarali ravishda hisobga olish zaruriyati tug'iladi. Bunday holatlarda, mahsulotlar nomenklaturasini boshqarishni soddalashtirish va tovarlar hisobini tashkil etishni takomillashtirish imkonini beruvchi variativ tovarlar konsepsiyasi yordamga keladi. Ushbu maqolada biz variativ tovar nima ekanligini, u qanday ishlashini va uning qanday xususiyatlarga ega ekanligini batafsil ko'rib chiqamiz.

Ushbu maqolada:

  1. Variativ tovar bu nima?
  2. Asosiy nomenklaturaning xususiyatlari
  3. Variativ tovarlardan foydalanishning afzalliklari
  4. Variativ tovarni yaratish
  5. Xulosa

Variativ tovar bu nima?

Variativ tovar — bu ba'zi xususiyatlari bilan bir-biridan farq qiladigan, lekin bir xil toifaga yoki asosiy (ota-ona) nomenklaturaga tegishli bo'lgan bir nechta variatsiyalarga ega tovardir.

Variativ tovarning asosida asosiy nomenklatura yotadi, u bir nechta o'xshash tovar pozitsiyalarini o’zida birlashtiradi. Har bir variatsiya — bu bir xil toifadagi tovardir, ammo bu o'lchami, rangi, materiali yoki boshqa parametrlar kabi qo'shimcha xususiyatlarga ega.

Misol:

  • Asosiy nomenklatura: futbolka.
  • Variatsiyalar: Ko’k rangli futbolka M o'lchamda, qizil rangli futbolka L o'lchamda, qora rangli futbolka S o'lchamda.

 

Bunday yondashuv tovarlar assortimenti bilan ishlashni soddalashtiradi, ularni tartibga soladi va har bir tovarni alohida identifikatsiya qilishdagi chalkashliklardan qochishga yordam beradi. Har bir tovar variatsiyasi uchun alohida pozitsiyalar yaratish o'rniga, bitta asosiy nomenklaturadan foydalanib, uning uchun variatsiyalarni yaratish mumkin.

 

Asosiy nomenklaturaning xususiyatlari

Tovar variativ bo'lishi uchun asosiy nomenklaturani va uning variatsiyalarini to'g'ri sozlash kerak. E'tiborga olish lozim bo'lgan bir nechta asosiy xususiyatlar va cheklovlar mavjud:

  • Tovar turi: Asosiy nomenklatura va uning variatsiyalari bir turdagi bo'lishi kerak (masalan, tovar yoki xizmat). Bu shuni anglatadiki, variatsiyalar bir tovarlar toifasida bo'lishi kerak. Masalan, agar asosiy nomenklatura — bu futbolka bo'lsa, uning variatsiyalari ham futbolkalar bo'ladi, lekin ular rang yoki o'lchamda o’zaro farq qilishi mumkin.
  • Narxni belgilash: Asosiy nomenklaturaga narx belgilanishi mumkin emas. Narx faqat aniq tovar variatsiyalari uchun belgilanadi. Masalan, bir futbolka boshqa materialdan yoki eksklyuziv dizayndan foydalanganligi sababli qimmatroq bo'lishi mumkin, ammo asosiy nomenklaturaning o'ziga narx belgilanmaydi.
  • Cheklovlar: Asosiy nomenklatura quyidagicha bo’lmasligi lozim:

-   Tarkibiy (bir necha tovarlardan iborat).

-   Yig’iluvchi (bir necha qism yoki tarkibiy qismlardan iborat).

-   Ajratiluvchi (qismlarga ajratishga mo'ljallangan).

-   Boshqa tovarlarning bir qismi sifatida (boshqa tovar to’plamining bir qismi sifatida kiritilishi mumkin emas).

  • Sotuvlar va qaytarish hujjatlari: Asosiy nomenklatura sotuv yoki qaytarish hujjatlarida ishtirok etmaydi. Barcha operatsiyalar asosiy pozitsiyasi bilan emas, balki aniq tovar variatsiyalari bilan amalga oshiriladi. Masalan, agar mijoz ko'k rang va M o’lchamdagi futbolkani sotib olsa, operatsiya asosiy tovar "Futbolka" bo’yicha emas aynan shu variatsiya bo'yicha qayd etiladi.
  • Ombor operatsiyalari: Asosiy nomenklatura ombor operatsiyalarida ishtirok etmaydi, ya'ni tovar zaxiralari hisoboti variatsiyalar bo'yicha olib boriladi. Bu hisobning aniqligi va ombor jarayonlarini optimallashtirish uchun muhim, chunki har bir o'lcham yoki rangdagi tovar zaxiralari alohida holda hisobga olinishi kerak.
  • Tovar bilan operatsiyalar: Agar tovar bilan operatsiyalar amalga oshirilgan bo'lsa (masalan, sotuvlar yoki qaytarishlar), uni asosiy nomenklaturaga aylantirib bo’lmaydi. Ushbu qoida, hisobda xatoliklar va chalkashliklarni oldini olishga yordam beradi, chunki operatsiyalar allaqachon aniq bir tovar variatsiyasiga bog'langan.
  • Kassa bilan sinxronlash: Agar kassada tovar bilan amalga oshirilgan operatsiyalar sinxronizatsiya qilinmagan bo'lsa, nomenklaturani asosiy qilish mumkin. Biroq, sotuvlar tizimi bilan sinxronizatsiya amalga oshirilgandan so'ng, yangi variatsiyalarni qo'shishning imkoni bo'lmaydi. Hisobni yuritish tizimida tovarni sozlashda buni hisobga olish muhimdir.

 

 

Variativ tovarlardan foydalanishning afzalliklari

Variativ tovarlarni do'kon hisobi tizimiga joriy etish bir qator muhim afzalliklarga ega:

  1. Tovarlarning hisobini soddalashtirish

Har bir tovar variatsiyasi uchun alohida pozitsiyalarni yaratish o‘rniga (masalan, «ko‘k rangli futbolka M o‘lchamda», «ko‘k rangli futbolka L o‘lchamda», «qizil rangli futbolka M o‘lchamda») bitta asosiy nomenklatura bilan ishlash, variatsiyalarni esa unga bog’lash mumkin. Bu tizimga ma'lumotlarni kiritish jarayonini hamda tovarlarni izlashni osonlashtiradi.

  1. Narxlarni shakllantirishda moslashuvchanlik

Har bir tovar variatsiyasi o'z xususiyatlariga qarab, masalan, o'lchami, rangi, materiali yoki brendiga asoslangan holda o'z narxiga ega bo'lishi mumkin. Bu, o'z navbatida, narxlarni shakllantirishda moslashuvchanlikni ta'minlaydi va chegirmalar hamda aksiyalarni boshqarishni osonlashtiradi.

  1. Savdolarni soddalashtirish

Savdo jarayonida sotuvchi har bir mahsulot variantini alohida izlashi shart emas. U shunchaki asosiy pozitsiyani tanlashi va kerakli variatsiyani tezda tanlashi mumkin (masalan, futbolka o'lchami va rangi).

  1. Zaxiralarni nazorat qilish

Barcha tovar zaxiralari variatsiyalar bo'yicha alohida yuritiladi, bu esa har bir o'lcham yoki rang bo'yicha ombordagi tovarlar miqdorini aniq kuzatishga imkon beradi va inventarizatsiya qilishda xatoliklarni minimallashtiradi.

 

Variativ tovarni yaratish

Variativ tovarni yaratish uchun quyidagi bosqichlarni amalga oshiring:

1. "Ma’lumotnomalar" bo'limida "Nomenklatura"ni tanlang va asosiy nomenklaturani yarating.

 

Store Management-ga misol

 

REGOS Online-ga misol

 

2. "Asosiy" yorlig'ida nomenklaturaning zaruriy parametrlarini to'ldiring.

Store Management-ga misol

 

REGOS Online-ga misol

 

3. Asosiy nomenklaturani yaratgandan keyin u uchun variatsiyalarni yarating. Buni amalga oshirish uchun "Xarakteristikalar" yorlig'ida asosiy tovarni belgilang.

REGOS: Store Management-da, uch nuqta ustiga bosish orqali nomenklatura tanloviga o’ting va ikki marta bosish orqali asosiy nomenklaturani tanlang.

Store Management-ga misol

 

Store Management-ga misol

 

REGOS: ONLINE-da taqdim etilgan ro'yxatdan asosiy nomenklaturani tanlang.

 

REGOS Online-ga misol

 

Variativ tovarni saqlagandan so'ng nomenklatura quyidagicha namoyon etiladi:

 

Store Management-ga misol

 

REGOS Online-ga misol

 

Xulosa

Variativ tovarlardan foydalanish kiyim-kechak va poyabzal do'konlarida assortimentni boshqarishni sezilarli darajada soddalashtiradi. Ushbu yondashuv nafaqat hisobni yuritishni yaxshilashga yordam beradi, balki mijozlarga kerakli modelni zaruriy o'lcham va rangda tezda topish imkoniyatini berish orqali tanlovni amalga oshirishda qulaylik yaratadi. Variativ tovarlar boshqaruvi tizimini joriy etish — bu biznesni avtomatlashtirish, do'kon faoliyatining samaradorligini oshirish va mijozlarga xizmat ko'rsatishni yaxshilash yo'lida muhim qadamdir.

Kontaktlaringizni qoldiring va mutaxassisning bepul maslahatini oling


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring