Ma'lum kolleksiyadagi sumkani sotib olishda xuddi shu kolleksiyadagi poyabzalga 15% chegirma

Ma'lum kolleksiyadagi sumkani sotib olishda xuddi shu kolleksiyadagi poyabzalga 15% chegirma

Kiyim va poyabzal do'konlari talabni oshirish va o'rtacha chek ko’rsatkichlarini ko’paytirish uchun tez-tez aksiyalarni yo’lga qo’yadilar. Kelinglar, mijozlarni ular o’zlari rejalashtirganidan ko'ra ko'proq xarid qilishga undashingiz mumkin bo'lgan misolni ko'rib chiqaylik.

Ushbu maqolada:

  1. Nima uchun kiyim-kechak va poyabzal do'konida aksiyalarni boshlash kerak?
  2. Agar chekda ma'lum kolleksiyadagi sumka mavjud bo'lsa, xuddi shu kolleksiyadagi poyabzal uchun 15% chegirma beriladigan aksiyani qanday sozlash mumkin.
  3. Ehtimoliy kengaytirishlar

Nima uchun kiyim-kechak va poyabzal do'konida aksiyalarni boshlash kerak?

Ko'pgina iste'molchilar faqat aksiyalar va chegirmalar mavjud bo’lgan do'konlarda xaridlarni amalga oshiradilar. Bir tomondan bunday yondashuv biznes uchun foydasiz bo'lib tuyulishi mumkin, ammo agar aksiya to'g'ri tuzilgan bo'lsa, u mijozlarni rejalashtirilganidan ko'proq sotib olishga undaydi. Savdo tahliliga ko'ra, poyabzallarning katta zaxirasi bor va xaridorlarni kolleksiyadagi poyabzalni sotib olishga undash uchun aksiyani yo'lga qo'yish zarur. Shu bilan birga ushbu do'konda sumkalar katta talabga ega, shuning uchun aksiyada talab katta va talab kamroq bo'lgan mahsulotlarni birlashtirish mumkin.

Eng yaxshi variant aksiya mexanikasi bo'ladi, bunda mijozga xuddi shu kolleksiyadan sumka sotib olgan taqdirda 15% chegirma bilan poyabzal sotib olish taklif etiladi.

Agar chekda ma'lum kolleksiyadagi sumka mavjud bo'lsa, xuddi shu kolleksiyadagi poyabzal uchun 15% chegirma beriladigan aksiyani qanday sozlash mumkin.

Aksiyani sozlash uchun Sodiqlik dasturlariga o'tish kerak.

 

Promoaksiya turi "Chegirma (shartli)" bo'lgan yangi sodiqlik dasturini yarating. Aksiya muddatini ko’rsating. Agar tovar kuzgacha sotilishi kerak bo'lsa, iltimos, 31-avgustgacha sanasini kiriting. Aksiya har kuni va do‘konning butun ish kuni davomida amal qiladi, ya’ni siz haftaning barcha kunlari va vaqtini 00:00 dan 23:59 gacha ko‘rsatishingiz kerak.

 

  

Promoaksiyada shartlarni ko’rsating:

  • Poyabzallar kolleksiyasiga 15% chegirmalik sozlamani yarating.



  • Keyin esa shartni yarating – chekda xuddi shu kolleksiyadan bitta sumkaning bor bo’lishi.

 

 

Aksiya tayyor! Endi siz qolgan poyabzallarni sotishingiz va yangi kuz kolleksiyasining kelishi uchun omboringizni bo'shatishingiz mumkin.

Ehtimoliy kengaytirishlar

Store Management-da promoaksiyalar yetarli darajada moslashuvchan bo’lib, siz o’z marketing umidlaringiz asosida shartlarni sozlashingiz mumkin. Misol uchun, chekda ma’lum bir mahsulot bo’lgan taqdirda shunday bo’lgan ikkinchisi bepul berilishiga oid aksiyani sozlab qo’yishingiz mumkin. Yoki kuzgi kolleksiyaning kelishidan oldin barcha yozgi mahsulotlarga chegirmani taqdim etishingiz mumkin.

Store Management dasturi orqali do’konda sotuvlar hamda o’rtacha chek ko’rsatkichlarini oshiring! Agar sizda ushbu dastur hali o'rnatilmagan bo'lsa, mahsulot sahifasiga o'ting, telefon raqamlaringizni qoldiring va bizning menejerimiz siz bilan bog'lanadi.

 

Kontaktlaringizni qoldiring va mutaxassisning bepul maslahatini oling


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring