REGOS sodiqlik dasturining imkoniyatlari: jamg'arish aksiyasi

REGOS sodiqlik dasturining imkoniyatlari: jamg'arish aksiyasi

Store Management dasturida sodiqlik kartalari yordamida jamg’arish aksiyasini o’rnatish mumkin, bunda mijoz tanlov ishtirokchisiga aylanishi uchun ma'lum miqdordagi tovarlarni sotib olishi mumkin. Bu oziq-ovqatlar, kiyim-kechaklar, poyabzal, kosmetika va kanselyariya mahsulotlari do’konlari uchun qulay yechimdir.

Ushbu maqolada:

  1. Qanday qilib Store Management jamg’arish aksiyasini o’tkazishga yordam berishi mumkin?
  2. Store Management-da jamg’arish aksiyasini sozlash
  3. Ehtimoliy kengaytirishlar

Qanday qilib Store Management jamg’arish aksiyasini o’tkazishga yordam berishi mumkin?

Jamg’arish aksiyasi- bunda mijoz ma'lum vaqt davomida ma'lum miqdordagi umumiy xaridni amalga oshirishi kerak. Misol uchun, yangi sodiqlik darajasiga o‘tish va aksiya ishtirokchisiga aylanish uchun 3 oy davomida jami qiymati 250 000 so‘mdan ortiq bo‘lgan tovarlarni xarid qilish. Shundan so'ng, g'olib barcha ishtirokchilar orasidan tasodifiy tarzda tanlanadi.

Ushbu turdagi promoaksiya oziq-ovqat va nooziq-ovqat chakana savdosida mashhurdir, chunki u bir qator afzalliklarga ega:

  • Savdo ko’rsatkichlarini oshirish
  • Brendning mashhurlik darajasini oshirish
  • Do'kon/brendga sodiqlikni oshirish

Ushbu aksiya mijozlarni ham o'ziga tortadi, chunki ularda sovrinlarni yutib olish imkoniyati mavjud.

 

Store Management-da jamg’arish aksiyasini sozlash

 Do'koningizda jamg’arish aksiyasini sozlash uchun sodiqlik kartalarini taqdim etish tizimi mavjud bo’lishi kerak. Quyida hozirda sodiqlik kartalari mavjud bo'lgan chakana savdo do’konlari uchun ko'rsatmalar keltirilgan.

 1. Xaridorning kartalari bog'langan "Bonus tizimi" turiga ega sodiqlik dasturini tanlang.

Agar dastur yaratilmagan bo'lsa, uni yarating va xaridorlarga kartalar berilishini ta’minlang.

 2. Dasturni nusxalang.

O'yinda ishtirok etish shartlarini bajargan xaridorlarni kuzatish uchun, masalan, "O’yin" nomi bilan ikkinchi nusxadan iborat bonus tizimini (chegirma va bonuslarni hisoblaydigan bir xil sozlamalar bilan) yarating.

 3. O’yin ishtirokchilari toifasiga xaridorni ko’chirib o’tkazish uchun tizimni sozlang.



  • Xaridorlar kartalariga o‘ting, jadval tepasidagi sozlamalar tugmasini bosing va ochiladigan ro‘yxatda “Ko‘chirib o’tkazish” variantini tanlang.

 

  • "Chakana xaridorlar kartalarini ko’chirib o’tkazish" sozlamalari bo'limiga o'ting va quyidagilarni ko'rsatib, yangi ko’chirib o’tkazishni yarating:
    • Turi: bonus tizimi;
    • Sodiqlik dasturi (manba): sizning asosiy sodiqlik dasturingiz;
    • Sodiqlik dasturi (maqsad): o'yin uchun nusxalanuvchi dastur;
    • Boshlanish va tugash sanasi: aksiya muddatini (3 oy) ko'rsating va yana qulaylik uchun 1 oy va 1 kun;
    • Vazifani amalga oshirishni takrorlash: 4 oy (aksiyadan bir oy o'tgach xaridorlar asl dasturga qaytishlari uchun).

 

 4. Saqlang va sozlash tugmasi yordamida ko'chirib o’tkazish sozlamalariga o'ting. 

 

5. Shart bajarilganda xaridor aksiya ishtirokchisiga aylanadigan vazifani yarating.

  • Ko’chirib o’tkazish sozlamalarida "Davr davomida sotib olingan summa (xaridorlarning cheklari bo’yicha jami)" turi bilan vazifani yarating.
  • Davrni belgilang: oy, davrlar soni: 3, taqqoslash: ≥, qiymati: 250 000.


6. Shartlarni sozlang ("Shartlar" yorlig'i saqlashdan keyin paydo bo'ladi).

 

  • Shartlar bo'limida "Saqlash joylari" turidagi shartni yarating.

 

  • O'yinda ishtirok etadigan omborni ko'rsating. Agar bir nechta omborlarni qo'shish kerak bo'lsa, har bir ombor uchun qo'shimcha shartlarni qo'shing.

 

 Promoaksiya sozlandi!

 Tanlov oxirida siz ishtirokchilarning barcha ma'lumotlarini Excelga yuklashingiz mumkin. Buni amalga oshirish uchun siz "Xaridorlarning kartalari" bo'limiga qaytishingiz va kontekst menyusida "Excelga eksport qilish" ni tanlashingiz kerak.

 

 Keyin esa eksport qilingan jadvalni "Sodiqlik dasturi" ustuni bo'yicha tartiblang va tasodifiy tarzda g'olibni tanlang.

 Texnik hujjatlar

Ehtimoliy kengaytirishlar

Siz yuqorida ta’riflangan jamg’arish aksiyasini o’z shartlaringizga moslashtirishingiz mumkin: umumiy summani o’zgartirish, aksiyaning amal qilish muddatini uzaytirish yoki qisqartirish. Misol uchun, aksiya muddatini 1 haftaga belgilashingiz va bayram arafasida o‘yinni o‘tkazishingiz mumkin.

Agar sizda hali Store Management dasturi o’rnatilmagan bo’lsa yoki sizda savollar mavjud bo’lsa, siz +998555010030 telefon raqamiga qo’ng’iroq qilishingiz mumkin va biz barcha savollaringizga javob beramiz.

Kontaktlaringizni qoldiring va mutaxassisning bepul maslahatini oling


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring