Sotuvlar jarayonini avtomatlashtirish nima uchun kerak?
Oziq-ovqat do'konini boshqarish – bu murakkab vazifa bo'lib, u tovarlarga buyurtma berishdan boshlanib, marketing tadbirlari hisobiga daromadni oshirish bilan yakunlanadi.
Ushbu jarayonlarni samarali tashkil qilish uchun ombordagi zahirani hisobga olish, muntazam xatlovni o’tkazish va sotuvlar bo’yicha ma'lumotlarni tahlil qilib borish kerak. Ushbu operatsiyalarning barchasini qo'lda bajarish juda ko'p mehnat talab qiladi va xatolarga yo’l qo’yish xavfini oshiradi. Sotuvlarni avtomatlashtirish biznesingiz uchun yangi imkoniyatlar ochadi va daromadingizni oshirishga yordam beradi.
REGOS Software bunda qanday yordam berishi mumkin?
REGOS serxisi yoki EasyTrade kabi dasturiy ta'minotdan foydalanib, Siz sotuvlar jarayonini to'liq nazorat qilishingiz, kassa apparatlarini boshqarishingiz, ombordagi tovarlar hisobini yuritishingiz va fiskal cheklarni berishingiz mumkin bo'ladi.
Biznesingiz qaysi turda - chakana, ulgurji yoki onlayn - bo'lishidan qat'i nazar biz Sizgai barcha kerakli dasturiy ta'minotni taqdim etamiz va muqobil POS-asbob-uskunalarini tanlab beramiz.
“REGOS Software” MChJ bilan birgalikda biznesingizni rivojlantiring!