Virtual kassa apparati va uning imkoniyatlari nima?

Virtual kassa apparati va uning imkoniyatlari nima?

Virtual kassa - bu fiskal hujjatlarni real vaqt rejimida FMO (fiskal ma'lumotlar operatori)ga tezkor uzatishni ta'minlaydigan dasturiy yechimdir. U cheklarni chop etish va elektron shaklda yuborish funksiyalari bilan jihozlangan.

Ushbu maqolada:

  1. Nega sizga virtual kassa apparati kerak?
  2. Virtual kassa imkoniyatlari

Nega sizga virtual kassa apparati kerak?


Bizning virtual kassamiz amaldagi qonunchilikka to'liq mos keladi va barcha qoidalar va qonunlarga rioya qilinishini ta'minlaydi, soliq jarimalaridan qochishga yordam beradi. Biz sizga do'koningizda yoki boshqa chakana savdo sohasida virtual kassadan foydalanishni taklif qilamiz.

Bizning kassamiz tovarlarni sotishda hamda ularni qaytarishda fiskal cheklarni chop etish imkoniyatini berib, shaffoflikni va soliq organlarining talablariga muvofiqlikni to'liq ta'minlaydi.

 

Virtual kassa imkoniyatlari

Virtual kassa "Asl Belgisi" milliy raqamli tamg'alash va mahsulotlarni kuzatish tizimi bilan integratsiya qilingan. Ushbu tizim yordamida siz mahsulotning harakatini: qayerda ishlab chiqarilganligi, qaysi distribyutor tomonidan olib kelinganligi, qaysi savdo nuqtasi mahsulotni sotib olganligini to‘liq kuzatishingiz mumkin.

Mahsulot sotib olingandan so'ng, mijoz QR kodli bosma chekni olishi, uni skanerlashi va xarid uchun cash back-ni olishi mumkin. Bundan tashqari, kassa tizimi Windows operatsion tizimida ishlaydigan turli xil qurilmalar - monobloklar, noutbuklar yoki planshetlar uchun mos keladi.

 Siz spirtli ichimliklar, tamaki mahsulotlari, dori-darmonlar, maishiy texnika va ichimliklar kabi tamg'alashni talab qiladigan mahsulotlar bilan ishlashingiz mumkin.

Savdolaringizni yangi bosqichga olib chiqish uchun REGOS: VCR virtual kassasidan foydalaning!

Kontaktlaringizni qoldiring va mutaxassisning bepul maslahatini oling


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring