Ulgurji savdo
Ulgurji savdo – bu katta partiyalar bilan savdo qilish bo‘lib, mahsulot keyinchalik qayta sotish yoki biznesda foydalanish uchun xarid qilinadi.
- Hajm: o‘nlab qutilar, ba’zan butun mashina (fura).
- Narx: partiya qancha katta bo‘lsa, har bir dona shuncha arzonroq.
- Hujjatlar: ulgurji savdoda sotuvchi schyot-faktura yoki nakladnoy (yuk xati) beriladi ular bitimni tasdiqlaydi va to‘lov uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.
- Xususiyat: ulgurji savdolar faqat hujjatlar orqali yuritiladi, kassa orqali o‘tkazilmaydi.
- Misol: do‘kon ulgurjidan 500 kg shakar sotib oladi va uni keyinchalik xaridorlarga sotadi.
Chakana savdo
Chakana savdo – bu bizga odatiy “hoziroq va shu yerda” xarid qilish bo‘lib, mahsulot shaxsiy foydalanish uchun olinadi.
- Hajm: donalab yoki kichik miqdorda.
- Narx: ulgurjidan yuqoriroq, chunki do‘kon ustama va xizmat xarajatlarini qo‘shadi.
- Hujjatlar: xaridorga virtual kassa orqali ro‘yxatdan o‘tgan fiskal chek beriladi.
- Xususiyat: chakana savdo doimo kassadan o‘tadi.
- Misol: siz supermarketdan 1 kg shakar xarid qilasiz, kassada to‘laysiz va chek olasiz.
Nega bu tadbirkor uchun muhim?
- Agar siz ulgurji xaridlar bilan ishlasangiz, schyot-faktura va nakladnoylar bilan ishlashga tayyor bo‘ling.
- Agar sizda chakana savdo nuqtasi bo‘lsa, kassani to‘g‘ri sozlash va cheklar fiskalizatsiyasiga e’tibor qarating.
Savdo jarayonlari tez va xatosiz ishlashi uchun zamonaviy avtomatlashtirish dasturlaridan foydalanish maqsadga muvofiq. Masalan, REGOS xizmati hisob yuritish, savdolarni nazorat qilish, hisobotlar shakllantirish va kassada ishlashga yordam beradi.
Xulosa
- Ulgurji savdo – bu hujjatlar va katta partiyalar.
- Chakana savdo – bu kassa va yakuniy xaridor bilan ishlash.
Ikkalasi birgalikda mahsulotning ishlab chiqaruvchidan odamgacha yetib borishini ta’minlaydi.
REGOS Software yordamida siz ham ulgurji, ham chakana savdo bilan ishlashingiz mumkin.
REGOS tariflarini ko‘rib chiqing va biznesingiz uchun eng optimal yechimni tanlang:
REGOS narxlar va tariflar bilan tanishish