200 000 so‘mdan boshlab xarid qilganda, qanday qilib sovg‘aga  ichimlik olish mumkin?

200 000 so‘mdan boshlab xarid qilganda, qanday qilib sovg‘aga ichimlik olish mumkin?

Chakana savdo do‘konlari ko‘pincha mijozlarga ma’lum summaga tovar sotib olish va sovg‘aga qo‘shimcha tovarni qo‘lga kiritish taklif qilinadigan aksiyalar uyushtirishadi. Bir marta sotib olishda 200 000 va undan ko‘proq  so‘mga xarid qilinadigan bo‘lsa,  Coca-Cola ichimligini sovg‘aga olish mumkin bo‘lgan variantni ko‘rib chiqamiz.

Ushbu maqolada:

  1. Ma’lum summaga xarid qilinganda sovg‘a berish aksiyasini tashkil qilish nima uchun kerak?
  2. 200 000 so‘mdan boshlab xarid qilinganda, bonus tovar berishni qanday qilib Store Managementda o‘rnatish mumkin?

Ma’lum summaga xarid qilinganda sovg‘a berish aksiyasini tashkil qilish nima uchun kerak?

Turli promoaksiyalar mijozlarni ko‘proq hajmda xarid qilishga har doim rag‘batlantiradi. Do‘kon uchun bunday marketing faollik sotuvlarni ko‘paytirishga olib keladi. Mijoz do‘kondan bir marta savdo qilishda 200 000 so‘mdan boshlab tovar xarid qilganda, 1 dona  Coca-Cola ichimligini sovg‘a sifatida oladigan aksiyani Store Managementda sozlashni ko‘rib chiqishni taklif qilamiz.

Bunday mexanika bilan sovg‘a olish uchun, mijoz o‘z pattasini kerakli summagacha yetkazishdan manfaatdor  bo‘ladi. Do‘kon uchun bunday mexanika sotuvlarni ko‘paytirish va mijozlarning sodiqligini oshirishga ko‘maklashadi.

 

200 000 so‘mdan boshlab xarid qilinganda, bonus tovar berishni qanday qilib Store Managementda o‘rnatish mumkin?

1. Sodiqlik dasturlariga kiring.

 

2. Quyidagilar ko‘rsatilishi zarur bo‘lgan yangi dastur yarating:

  • Promoaksiyaning turi – Chegirma (shart bo‘yicha)
  • Aksiyaning nomi
  • Aksiya o‘tkaziladigan davr

 


3. Ro‘yxatdagi bandlardan biriga 100% lik chegirma o‘rnating. Bizning holatimizda bu Coca-Cola.

 

 4. Ro‘yxatdan bonus ichimlik – Coca-Colani tanlang.

 

5. Pattada 200 000 so‘mdan boshlangan summa ko‘rsatilishi zarur bo‘lgan shartni yarating.

 

 Bir nechta oddiy qadamlar – va promoaksiya yaratildi! Endi, xaridorning pattasi 200 000 so‘mni tashkil qilganda, siz sovg‘aga 1 dona Coca-Cola berishingiz mumkin.

Imkoni bo‘lgan kengaytirishlar

Bu aksiyani nafaqat oziq-ovqat do‘konlari uchun, balki kiyim-kechak va poyabzal do‘konlari uchun ham qo‘llash mumkin. Masalan, agar pattadagi summa 500 000 so‘mdan ortgan bo‘lsa, siz sovg‘aga biror aksessuar berishingiz mumkin.

Oziq-ovqat do‘konlari uchun siz patta summasini o‘zgartirishngiz yoki bonus sifatida har qanday boshqa tovarni tanlashingiz mumkin. Masalan, agar sizning do‘koningizda mahsulotning yangi brendi taqdim etilsa, siz xaridorni shu tarzda yangilik bilan tanishtirishingiz mumkin.

Sotuvlarni avtomatlashtiring, promoaksiyalar uyushtiring va do‘konda o‘rtacha pattani oshiring!

 

Kontaktlaringizni qoldiring va mutaxassisning bepul maslahatini oling


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring