Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-maydagi 255-son qaroriga muvofiq, fiskal cheklarda iste’molchining keshbek olish huquqi to‘g‘risidagi ma’lumotlar bo‘lishi kerak:
"Siz xaridning 1% miqdorida "Keshbek" olish huquqiga ega bo'ldingiz"
Shu munosabat bilan siz REGOS: VCR (virtual kassa) dasturiy ta'minotini yangilashingiz kerak.
Buning uchun siz ТХКМ xizmatlarini ko'rsatish bo'yicha shartnoma tuzgan kompaniyaga murojaat qilishingiz kerak bo'ladi. Hamkorlarimiz manzillari kontaktlar bo'limida mavjud.
Virtual kassa dasturiy ta'minotini yangilash va sozlash bo'yicha xizmatlar narxi 80 000 so'mni tashkil etadi.