Ushbu maqolada:
Majburiy URL – faqat zarurat tug‘ilganda
Endi “URL обработчика” maydoni faqat kamida bitta vebxuk tanlanganda majburiy bo‘ladi.
Agar vebxuklar ishlatilmasa – maydonni bo‘sh qoldirish mumkin.
Bu xatoliklar xavfini kamaytiradi va integratsiyalarni sozlash jarayonini tezlashtiradi.
URL manzilini qat’iy tekshirish
Xavfsizlikni oshirish maqsadida kiritilgan yangi qoidalar:
-
Mahalliy va xususiy manzillardan foydalanish taqiqlanadi:
-
127.0.0.0/8
-
10.0.0.0/8
-
172.16.0.0/12
-
192.168.0.0/16
-
localhost
-
Faqat quyidagi ko‘rinishdagi URL manzillarga ruxsat beriladi:
Shu tariqa, tizim tashqaridan kirish imkoni bo‘lmagan ichki manzillar bilan ishlashni istisno qiladi, bu esa xatolarga olib kelishi mumkin edi.
Integratsiyalarni tahrirlash
Yangi qoidalar allaqachon yaratilgan lokal integratsiyalarni tahrirlashda ham amal qiladi: tizim URL to‘g‘ri kiritilganini tekshiradi va noto‘g‘ri ma’lumotlarni saqlashga yo‘l qo‘ymaydi.
REGOS: POS va REGOS: SelfPOS’da IKPU va markirovkani tekshirish
REGOS VCR foydalanuvchilari uchun qo‘shimcha himoya joriy qilindi:
endi chekga markirovkali mahsulot qo‘shilganda tizim avtomatik tarzda IKPU va markirovkani tekshiradi.
Bu esa shuni anglatadi:
-
cheklar har doim to‘g‘ri shakllantiriladi,
-
qonunchilik talablari bajariladi,
-
kassirlarning xatolarga yo‘l qo‘yish xavfi kamayadi.
Xulosa
Yangilanish REGOS dagi lokal integratsiyalar bilan ishlashni yanada qulay va xavfsiz qiladi.
Endi siz sozlashga kamroq vaqt sarflaysiz, manzil bilan bog‘liq xatolardan himoyalanasiz va chekdagi ma’lumotlarning to‘g‘riligini qo‘shimcha nazorat qilasiz.