Ushbu maqolada:
Ish maydonini o‘zingizga moslab sozlash
O‘z sahifangiz va dаshbordlar
Endilikda har bir foydalanuvchi o‘ziga tegishli dаshbordlar va vidjetlar bilan alohida sahifa yaratishi mumkin.

Bu quyidagilarga yordam beradi:
- muhim ko‘rsatkichlarni tez ko‘rish
- ortiqcha ma’lumotlarni olib tashlash
- interfeysni o‘zingizga moslab sozlash
Qulay menyu
Endilikda menyuni o‘z vazifalaringizga moslab sozlash mumkin:
- bo‘limlarni “Sevimlilar”ga qo‘shish
- ularning tartibini o‘zgartirish
- eng muhimlarini ro‘yxat boshida saqlash

Bo‘limlarning tushunarli tuzilmasi
Menyu qayta ishlangan, endi bo‘limlar mantiqiy va izchil tarzda joylashtirilgan.
Tizimning tashqi ko‘rinishi
Endilikda interfeysni quyidagicha sozlash mumkin:
- fon rangini tanlash
- o‘z rasmingizni yuklash
- matn uchun yorug‘ yoki qorong‘i rejimni yoqish

Tovarlar va hujjatlar bilan ishlash
Nomenklaturada yangi navigatsiya
Endilikda tovarlar faqat ro‘yxat ko‘rinishida emas, balki quyidagicha ham ko‘rsatiladi:
- guruhlar bo‘yicha
- Windows “Explorer”ga o‘xshash tuzilma ko‘rinishida
Bu quyidagilarni ancha osonlashtiradi:
- tovarlarni qidirish
- katta assortiment bilan ishlash

Narx yorliqlari (ceniklar) muharriri
Narx yorliqlarini yaratish uchun yangi vosita qo‘shildi.

Hujjatlarning chop etiladigan shakllari
Endilikda tizimda hujjatlarning chop etish uchun mo‘ljallangan shakllari mavjud.

Ma’lumotlarni qidirish va ular bilan ishlash
Global qidiruv
Tizim bo‘ylab yagona qidiruv joriy etildi:
- istalgan ma’lumotlarga tezkor kirish
- ish jarayonida vaqtni tejash

Yaxshilangan xabarnomalar (jo‘natmalar)
Endilikda quyidagilarni amalga oshirish mumkin:
- qabul qiluvchilarni tanlash (mijozlar, kontragentlar, CRM mijozlari)

-
shartlar bo‘yicha filtrlarni sozlash (masalan, asosiy telefon raqami ko‘rsatilganmi yoki qarzdorlik mavjudmi)

CRM va kommunikatsiyalar
Ichki (o‘rnatilgan) CRM tizimi
Endilikda REGOS’da to‘liq CRM tizimi mavjud:
- mijozlar bazasi
- murojaatlar
- mijozlar bilan chatlar

Yagona chatlar markazi
Yangi bo‘lim — chatlar joriy etildi, unda quyidagilar jamlangan:
- murojaatlar
- vazifalar bo‘yicha muhokamalar
- bitimlar bo‘yicha kommunikatsiyalar
Barcha ishchi yozishmalar yagona bo‘limda jamlangan.

Vazifalar va loyihalarni boshqarish
“Vazifalar va loyihalar” bo‘limi
Ish jarayonini boshqarish uchun yangi vosita:
- xodimlarga vazifalar qo‘yish
- vazifalarni loyihalarga bog‘lash
- bajarilishini nazorat qilish

Ish vaqtini hisobga olish
Xodimlarning ish vaqtini kuzatish uchun yangi funksiya qo‘shildi.

Integratsiyalar va biznes sozlamalari
Bitta integratsiyaning bir nechta ulanishi
Endilikda quyidagilar mumkin:
- bitta servisni turli sozlamalar bilan bir necha marta ulash
Korxona uchun QQS (NDS)
Kompaniyaning QQS to‘lovchimi yoki yo‘qligini belgilash imkoniyati qo‘shildi.

Fayllar bilan ishlash
“Fayllar” yangi bo‘limi
Endilikda quyidagilar mavjud:
- yuklangan barcha fayllarni ko‘rish
- diskdagi joyni nazorat qilish
- keraksiz ma’lumotlarni o‘chirish
Shuningdek, quyidagilarni ko‘rish mumkin:
- qancha joy band qilingan
- qancha bo‘sh joy qolgan

Xulosa
REGOS’ning aprel yangilanishi — bu yangi bosqichga o‘tishdir:
REGOS:Online endi shunchaki hisob tizimi emas.
Bu biznes, jamoa va mijozlarni boshqarish uchun yagona raqamli muhitga aylandi.