REGOS xizmati va 1C o'rtasidagi hamkorlik ishi

REGOS xizmati va 1C o'rtasidagi hamkorlik ishi

1C-dan ma'lumotlarni REGOS xizmatining savdoni avtomatlashtirish dasturiga o’tkazish uchun buxgalterlarda qancha vaqt ketadi? Agar biz buni endi avtomatik ravishda amalga oshirish mumkin desakchi? 1C va REGOS xizmati o'rtasidagi integratsiya vaqtingizni tejaydi va xatolarni kamaytiradi.

Ushbu maqolada:

  1. 1C va REGOS xizmati o'rtasidagi integratsiya nima uchun kerak?
  2. 1C tizimi va REGOS xizmati o'rtasida hujjatlarni taqqoslash
  3. 1C va REGOS xizmatining integratsiyasini sozlash
  4. Tayyor integratsiyani qanday olish mumkin?
  5. Xulosa

1C va REGOS xizmati o'rtasidagi integratsiya nima uchun kerak?

Deyarli barcha buxgalterlar 1C dasturida ishlaydilar, undan buxgalteriya hisobi va hisobotlar uchun foydalanadilar. Ilgari ma'lumotlarni 1C-dan REGOS xizmatiga qo'lda o'tkazish kerak edi, bu esa juda ko'p vaqtni olar va xatolar ehtimolini oshirar edi.

Endi bizning hamkorimiz bo’lmish Leading (leading.uz) bilan hamkorlik natijasida siz 1C va REGOS xizmati o'rtasida tayyor integratsiyani ulashingiz mumkin. Ushbu integratsiya tushumlarni, sotuvlarni, joylashtiruvlarni, hisobdan chiqarishlarni va boshqa operatsiyalarni sinxronlashtirib, ma'lumotlar almashinuvini avtomatlashtiradi.

 

1C tizimi va REGOS xizmati o'rtasida hujjatlarni taqqoslash

 

Integratsiya ishini tushunish uchun hujjatlar tizimlar o'rtasida qanday taqqoslanishini bilish muhimdir:

Hujjatlarni quyidagicha taqqoslash qanday ma'lumotlar bir tizimdan (REGOS) boshqasiga (1C) uzatilishini tushunishga yordam beradi.

 

1С tizimidagi hujjat

REGOS xizmatidagi hujjat

 

Tovarlarning kelib tushishi

Kontragentlardan tushumlar to'g'risidagi hujjat

Tovarlarni harakatlantirish

Joylashtirish hujjati (hisobga kiritish)

Joylashtirish hujjati (hisobdan chiqarish)

Tovarlarni sotish - Ulgurji

"Kontragentga jo'natish" hujjati

Chakana savdo to'g'risidagi hisobot

Birlashtirilgan operatsiyalar hujjati

Birlashtirilgan to'lovlar hujjati

Tovarlarni qabul qilish

Hisobga kiritish hujjati

Tovarlarni hisobdan chiqarish

Hisobdan chiqarish hujjati

 

1C va REGOS xizmatining integratsiyasini sozlash

1C tizimi va REGOS xizmati o'rtasida muvaffaqiyatli integratsiyani amalga oshirish uchun 1C-da avtorizatsiya parametrlarini sozlash kerak. Bu 1C tizimiga taqdim etilgan hisob ma'lumotlaridan foydalangan holda REGOS xizmati bilan o'zaro ishlash imkonini beradi.

1C tizimida "REGOS" bo'limiga o'tish kerak, keyin "REGOS avtorizatsiya sozlamalari" ni tanlang.

Ochilgan darchada REGOS xizmatidan olish mumkin bo'lgan avtorizatsiya ma'lumotlarini to'ldirish kerak (barcha maydonlarni to’ldirish talab qilinadi).

1. ApiLogin – bu REGOS xizmatida foydalanuvchi akkauntining nomi. Buni quyidagicha bilib olish mumkin:

  • REGOS: Store Management-da ApiLogin-ni interfeysning pastki chap burchagida topish mumkin.
  • REGOS: Online-da ApiLogin-ni olish uchun foydalanuvchining shaxsiy kabinetiga o’tish lozim.

2. AppKey – ilovaning noyob kaliti. 

3. Token – so'rovlar qaysi ilova nomidan kelayotganini ko'rsatadi. REGOS xizmatining "Ilovalarni boshqarish" bo'limida tokenni yarating.

4. Login va parol – REGOS xizmatida avtorizatsiya uchun kerakli ma'lumotlar. Integratsiyaning to'g'ri ishlashi uchun REGOS xizmatining System guruhida yangi tizim foydalanuvchisini yaratish tavsiya etiladi.

 

Batafsil ma'lumotni texnik hujjatlarda topishingiz mumkin.

 

Tayyor integratsiyani qanday olish mumkin?

 

Integratsiyaga ulanish uchun +998974014530 raqami orqali menejerga yoki +998555105151 raqami orqali qo'llab-quvvatlash xizmatiga murojaat qiling. Bizning hamkorimiz Leading sizga ushbu integratsiyani tez va sifatli joriy etishda yordam beradi.

 

Xulosa

va REGOS xizmati o’rtasidagi integratsiya — savdoni avtomatlashtirish uchun qulay yechimdir. Bu sizga ma'lumotlarni qayta ishlashni tezlashtirish, xatolar xavfini kamaytirish va muhim vazifalarga vaqt ajratish imkonini beradi. Ishingizni soddalashtirish va biznesni rivojlantirishga e'tiboringizni qaratish uchun REGOS xizmatini tanlang!

Kontaktlaringizni qoldiring va mutaxassisning bepul maslahatini oling


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring