Ushbu maqolada:
Nega aksiyani 8-martgacha ishga tushirishga arziydi
Chegirma mijozlarga tezroq qaror qabul qilishga yordam beradi, do'kon esa mavsum davomida ko'proq savdo olishga yordam beradi.
Promoaksiyaning afzalliklari:
- Atir toifasida savdo o'sishi;
- Bayram sovg'alarini izlayotgan yangi mijozlarni jalb qilish;
- Qo 'shimcha xaridlar tufayli o'rtacha chekning oshishi;
- Bayram takliflari bilan mijozlar sadoqatini oshiring.
Aksiyani qanday tashkil qilish mumkin?
1. Sodiqlik dasturini yaratish
- "Sodiqlik dasturlari" bo'limiga o'ting.

- Yaratish tugmasini bosib, "Takrorlanuvchi chegirma" turini tanlang.
- Aksiya nomi, boshlanish va tugash sanasini ko'rsating.
- "Faol" holatini yoqing. Ixtiyoriy ravishda, faoliyat vaqti va kunlarini o'rnatish mumkin .

2. Chegirmani sozlash
Dastur sozlamalarida 10% chegirma belgilang.
Agar maxsulot boshqa aksiyaga loyiq bo'lsa, harakat tanlang:
- Umumiylashtirish
- Almashtirish
- Qo’llanilmasin

3. Mahsulot kategoriyasini tanlash
Aksiya faqat atir mahsulotlariga taalluqli bo'lgani uchun, mos nom guruhini tanlash zarur.
Buning uchun "Parfyumeriya" mahsulot guruhini ko’rsating;

4. Do'kon tanlovi
Aksiya qayerda amal qilishini tanlang:
- butun do'konlar tarmog'ida,
- yoki faqat tanlangan do'konlarda.

5. Promoaksiya ishini tekshirish
O'rnatish tugagach, tizim atir sotishda avtomatik chegirma qo'llaydi.
Kassir chegirmani qo'lda kiritishi shart emas, 10% avtomatik tarzda qo'llaniladi.

Xulosa
"8-mart uchun parfyumeriya mahsulotlariga 10% chegirma" aksiyasi bayram davrida savdoni oshirishning oddiy va samarali usulidir.
To'g'ri sozlangan aksiyalar ko'proq mijozlarni jalb qilishga, assortimetga qiziqishni oshirishga va bayram uchun xarid qilishni yanada yoqimli qilishga yordam beradi.