Select your language

(55) 501-00-30 Qo‘llab-quvvatlash markazi

REGOS: VCR virtual kassasining markirovka qilingan mahsulotlar bilan ishlash talablarga muvofiqligi

2025-yil 5-fevral kuni REGOS: VCR virtual kassasi muvaffaqiyatli tekshiruvdan o‘tib, “Yangi texnologiyalar” DUK tomonidan markirovka qilingan mahsulotlar bilan ishlash talablarga to‘liq muvofiqligi bo‘yicha xulosa oldi.

Ekspertiza natijalariga ko‘ra, REGOS: VCR (versiya 1.1.0.0) dasturiy mahsuloti markirovka kodlarini to‘g‘ri o‘qishini hamda ayrim mahsulot toifalari uchun majburiy bo‘lgan maxsus markirovka qismini aniqlashini tasdiqladi. Ushbu mahsulot toifalariga quyidagilar kiradi:

  • Tamaki va alkogol mahsulotlari;
  • Maishiy texnika;
  • Dori vositalari va tibbiy buyumlar;
  • Ichimlik suvi va alkogolsiz ichimliklar uchun qadoqlash (iste’mol va guruh qadoqlari).

Quyida ushbu muvofiqlikni tasdiqlovchi hujjat ilova qilingan. Shuningdek, hujjat bilan tanishish uchun shu yerga bosing


Select your language