Select your language

(55) 501-00-30 Qo‘llab-quvvatlash markazi

Regos: Store Management dasturidagi o‘zgarishlar

Regos: Store Management dasturidagi o‘zgarishlar

Yangilangan REGOS: Store Management tizimida bir qator yaxshilanishlar amalga oshirildi. Ular nоменklatura bilan ishlash qulayligini oshirish, “Kontragentdan tovar qabul qilish” hujjatlardagi amallarni tezlashtirish hamda lokal integratsiyalarni boshqarish imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan.

Ushbu maqolada:

  1. Nomenklatura bilan ishlashdagi yaxshilanishlar
  2. Lokal integratsiyalar bilan ishlashdagi o‘zgarishlar
  3. Xulosa

Nomenklatura bilan ishlashdagi yaxshilanishlar

1. Nomenklatura kodlarining dublikatlarini qayta ishlash
Agar siz allaqachon mavjud kod bilan yangi nomenklatura yaratmoqchi bo‘lsangiz, tizim xato haqida ogohlantiruvchi xabar beradi.
Xato oynasini yopgandan so‘ng, nomenklatura kodi avtomatik tarzda bo‘sh (foydalanilmagan) kodga yangilanadi, bu esa yangi pozitsiyani tezda yaratish imkonini beradi.

2. “Kontragentdan tovar qabul qilish” hujjatidagi yangi funksiyalar

Hujjatga quyidagi yangi imkoniyatlar qo‘shildi:

  • “Nomenklaturani tahrirlash” — hujjat ichida tovar ma’lumotlarini bevosita o‘zgartirish imkonini beradi.

  • “Serverdan import qilish va qo‘shish” — kerakli ma’lumotlarni serverdan yuklab olib, ularni hujjatga avtomatik tarzda qo‘shish funksiyasi joriy etildi.

3. Tezkor kirish uchun “hotkey” (tezkor tugmalar) qo‘shildi

Quyidagi tugmalar yordamida funksiyalarga tezda kirish mumkin:

  • F11 – “Yaratish va qo‘shish”

  • F2 – “Nomenklaturani tahrirlash”

  • F12 – “Serverdan import qilish va qo‘shish”

4. O‘tkazilganidan keyin tahrirlash

Endilikda hujjat o‘tkazilgandan so‘ng ham nomenklaturani tahrirlash imkoniyati mavjud.
Bu esa ma’lumotlarni to‘g‘rilash jarayonini soddalashtiradi — hujjatni bekor qilishga hojat qolmaydi.

5. Qo‘shilgan pozitsiyaga avtomatik o‘tish

“Serverdan import qilish” oynasi yopilgandan so‘ng, tizim avtomatik ravishda oxirgi qo‘shilgan pozitsiyaga o‘tadi — bu “Nomenklatura” bo‘limida ham, “Kontragentdan tovar qabul qilish” hujjatida ham amal qiladi.
Bu yangilik ko‘p miqdordagi pozitsiyalarni ketma-ket qo‘shishda ish jarayonini tezlashtiradi.

Lokal integratsiyalar bilan ishlashdagi o‘zgarishlar

Lokal integratsiyalarni boshqarish yondashuvi yangilandi:

  • Endilikda integratsiyalarni faqat akkaunt egasi emas, balki boshqa foydalanuvchilar ham boshqarishi mumkin.
  • “Foydalanuvchi” nomli yangi maydon qo‘shildi - u ma’lum bir integratsiyaga mas’ul shaxsni ko‘rsatadi.
  • Integratsiyalarni boshqarish huquqi foydalanuvchi huquqlari (dostup sozlamalari) orqali belgilanadi.

  • Xulosa

    REGOS: Store Management yangilanishi foydalanuvchilarning ish jarayonini tezroq, ishonchliroq va yanada qulayroq qilishga qaratilgan.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Select your language