REGOS Software kompaniyasi REGOS: VCR dasturiy mahsulotining 1.1.0.0 versiyasi qayta sertifikatsiyadan muvaffaqiyatli o‘tganini ma’lum qiladi.
“Yangi texnologiyalar” ilmiy-axborot markazi AJ virtual kassa O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 10-dekabrdagi PF-246-son Farmoni hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-noyabrdagi 943-son qarori talablariga muvofiqligini tasdiqladi.
- O‘tkazilgan sinovlar natijalariga ko‘ra, REGOS: VCR ijtimoiy kartalar orqali to‘lovlarni amalga oshirish, fiskal chekda karta raqamini aks ettirish, shuningdek bank kartalari va elektron to‘lov tizimlari orqali to‘lovlarni qabul qilish bo‘yicha talablarga mos kelishi aniqlandi.
Yangilangan sertifikat REGOS: VCR’ning amaldagi me’yoriy talablariga muvofiqligini hamda O‘zbekiston Respublikasi hududida undan foydalanish imkoniyatini tasdiqlaydi.
