REGOS ommaviy ofertasi yangilandi. Ushbu o‘zgarishlarning asosiysi — servis bilan ishlash qoidalari yanada shaffof va tushunarli bo‘lishi.
Hech qanday murakkablashtirish yoki yashirin shartlar yo‘q: biz faqat sifat standartlari, xavfsizlik va tomonlar javobgarligini aniqroq belgilab qo‘ydik.
Nimaga e’tibor berish kerak:
- Servis mavjudligi — oyiga 99,95%. Ofertada REGOSning maqsadli mavjudlik ko‘rsatkichi belgilandi. Bu servis ishonchliligini ochiq e’lon qilishimiz va ish hamda qo‘llab-quvvatlashda shu ko‘rsatkichga intilishimizni bildiradi.
- Yagona profil va standart xavfsizlik. Veb va API orqali kirish qoidalari, shuningdek, asosiy himoya choralar tasvirlangan:— ikki bosqichli autentifikatsiya (2FA) imkoniyati,— shubhali faollikda cheklovlar.Bu kirishlarni boshqarishni osonlashtiradi va akkaunt xavfsizligini oshiradi.
- Integratsiyalar va API — tushunarli qoidalar bo‘yicha. Integratsiyalar va REGOS API bilan ishlash shartlari batafsilroq yozildi: rollar, kirish huquqlari, kalitlar va tokenlar.Bu uchinchi tomon servislarini ulashni boshqariladigan va xavfsizroq qiladi.
- Javobgarlik chegaralari aniq. Kim nimaga javob berishi, reglamentlar, bildirishnomalar va qo‘llab-quvvatlash qanday ishlashi rasmiylashtirildi. Bu bahsli holatlarni kamaytiradi va servis bilan ishlashni oldindan bashorat qilinadigan qiladi.
-
Muhim
REGOS funksionalligi va sizning tarifingiz bo‘yicha shartlar o‘zgarmaydi. Oferta yangilanishi faqat servis bilan ishlashni qulayroq va shaffofroq qilish uchun qilingan.
Yangilangan ofertaning to‘liq matni quyidagi havolada: https://regos.uz/uz/product/servis-regos/public-offer