Select your language

(55) 501-00-30 Qo‘llab-quvvatlash markazi

REGOS: Cash Server yangilash bo‘yicha yo‘riqnoma

Hurmatli hamkorlar va REGOS foydalanuvchilari!
REGOS tizimining keng qamrovli yangilanishi munosabati bilan REGOS: Cash Server dasturini qo‘lda yangilash talab etiladi.
Iltimos, quyidagi yo‘riqnomaga diqqat bilan rioya qiling.

Ushbu maqolada:

  1. Yangilanishdan oldin
  2. 1-qadam: Sozlamalarni oching
  3. 2-qadam: Eski ma’lumotlarni tozalang
  4. 3-qadam: Ma’lumotlar bazasini yangilang

Yangilanishdan oldin

  • Barcha kassa smenalarini yoping
  • Ma’lumotlarni sinxronlashtirishni unutmang!
  • Yangilanish vaqtini do‘kon yopilishidan keyingi tungi vaqtda rejalashtiring, chunki bir necha soat davomida savdo qilish imkonsiz bo‘ladi.
  • Yangilash vaqtida kompyuter uyqu rejimiga o'tmasligi, Internetdan yoki quvvat manbaidan uzilmasligi kerak.

1-qadam: Sozlamalarni oching

  1. REGOS: Cash Server dasturini ishga tushiring

  2. “Sozlamalar” (Settings) bo‘limiga o‘ting

2-qadam: Eski ma’lumotlarni tozalang

1. “Clear Outcome Data” tugmasini toping va bosing

2. “Yes” tugmasi bilan tasdiqlang

🟡 Muhim:

  • Bu amal allaqachon sinxronlashtirilgan harakatlarni o‘chiradi va yangilanish jarayonini tezlashtiradi

  • Dasturdan chiqmang va Task Manager orqali jarayonni to‘xtatmang — bu jiddiy xatolarga olib kelishi mumkin

Amalning taxminiy davomiyligi: 20 daqiqagacha

✅ Yakunlangach, sozlamalar oynasi avtomatik tarzda yopiladi

Izoh

Agar sizga quyidagi xabar chiqsa:

"Database version is out of date" — bu normal holat.
Bu sizning ma’lumotlar bazangiz eskirganini bildiradi va qo‘lda yangilanishi kerak.

3-qadam: Ma’lumotlar bazasini yangilang

1. “Updates” bo‘limiga o‘ting

2. “Check Updates” (Yangilanishlarni tekshirish) tugmasini bosing

3. “Update Now” (Hozir yangilash) tugmasini bosing

🟡 Muhim:

  • Yangilanish 3 soatgacha davom etishi mumkin

  • Dasturdan chiqmang va jarayonni qo‘lda to‘xtatmang

✅ Jarayon tugagach, siz yangilangan REGOS: Cash Server bilan ishlashni davom ettirishingiz mumkin.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Select your language