Xotira va Qadrlash kuni!

Bugun biz vatanimiz uchun jang qilganlarni, tinchlik va ozodlik uchun kurashganlarni yodga olamiz. Ularni xotirlab barchamiz uchun ko’rsatgan imkonsiz jasoratlari uchun tashakkurlar aytamiz.

Ushbu kunda ikkinchi jahon urushi faxriylariga o’zimizning chuqur hurmat va minnatdorchiligimizni bildirib qolamiz. Bukilmas irodangiz, ko’rsatgan jasoratingiz va matonatingiz uchun sizlarga rahmat. Sizlarni sharofatingiz ila, biz ozod va mustaqil yurtda tinch va osoyishta hayot kechirib kelmoqdamiz.

Shu bilan birga biz yurtimiz tinchligi va farovonligi barchamizning umumiy ishimiz ekanligini eslatmoqchimiz. Siz faxriylar asos solgan mardlik va jasorat an’analarini saqlaylik va yanada mustahkamlaylik. Keling yosh avlodni tariximiz bilan faxrlanishga, qahramonlar xotirasini qadrlashga va kelajak avlodlar uchun yurtimizni takomillashtirishga o’rgataylik.

Ushbu bayram bizga ozodlik va tinchlik uchun qurbonlik keltirganlarni hech qachon unutmaslik kerakligini esga solsin. Yurtimiz hamisha tinch, kuchli bo’lsin va yanada porlasin.

Chuqur hurmat va minnatdorchilik bilan, REGOS Software kompaniyasi.


Kelayotgan bayram munosabati bilan, 09.05.2023 yil sanada bizning ofis yopiq bo’lishini eslatamiz.

 10.05.2023 yil sanadan bizning eshiklar avvalgi 10:00- 19:00 tartibda ochiq.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring