Store Management dasturida mahsulotlar uchun narxko’rsatkichlarni qanday yaratish mumkin

Store Management dasturida mahsulotlar uchun narxko’rsatkichlarni qanday yaratish mumkin

Biz sizga REGOS-ning: Store Management dasturi yordamida mahsulotlaringiz uchun narxko’rsatkichlarni qanday qilib oson yaratish va chop etishni gapirib beramiz.

Ushbu maqolada:

  1. 1-qadam: REGOS: Store Management-da narxko’rsatkichlarni yaratish
  2. 2-qadam: Narxko’rsatkichlar shablonlarini yaratish
  3. 3-qadam: Shablonlarni taqsimlash
  4. Narxko’rsatkichlarni qanday chop etish kerak
  5. Video-yo’riqnoma

1-qadam: REGOS: Store Management-da narxko’rsatkichlarni yaratish

 1. Dasturni oching, chap tomonda menyu bandlari bo’ladi. «Sozlamalar va xavfsizlik» bo’limiga kiring. Keyin «Xizmat» tugmasini bosing va «Narx yorliqlari na'munalari»ni tanlang.

 

 

2. Narxko’rsatkichlarni yaratish jarayoni boshlanadigan yangi oynani ochish uchun «Yaratish» tugmasini bosing.

3. Oynaning chap yuqori burchagida narxko’rsatkich ustida ishlashni boshlash uchun hujjatga bosing.

 

 

Bosgandan so’ng, shablonni yaratish mumkin bo’lgan narxko’rsatkich muharriri ochiladi.

 O’ng burchakda siz narxko’rsatkich o’lchamini o’zgartirishingiz mumkin, yuqori qismida esa matn, logotip, shtrix-kod yoki QR-kodini qo’shish uchun vositalar mavjud.

 

 

2-qadam: Narxko’rsatkichlar shablonlarini yaratish

 Dastur tovarlar uchun narxko’rsatkichlarning turli xil shablonlarini yaratishga imkon beradi. Masalan: 

  • Tovar haqidagi ma’lumotlar bo’lgan narxko’rsatkich: Sarlavha, narx va tavsif kabi barcha kerakli ma’lumotlarni o’z ichiga oladi.

 

  • QR-kodli narxko’rsatkich: Xaridor skanerlashi va kerakli barcha ma’lumot bilan tanishishi uchun tovar haqidagi ma’lumotlarini qo’shish mumkin. QR-kodi yordamida savdoni amalga oshirish uchun foydali va qulay bo’lgan har qanday ma’lumotlarni kodlash mumkin.

 

  • Shtrix-kod: Kassada ma’lumotni qulay o’qish uchun.

 

Shuningdek, Siz tovarning har bir toifasi uchun narxko’rsatkich dizaynini sozlashingiz mumkin, bu tovarlaringizning tashqi ko’rinishini shaxsiylashtirishga imkon beradi.

 

3-qadam: Shablonlarni taqsimlash

 Agar sizda do’konlar tarmog’i bor bo’lsa, siz o’zingiz yaratgan narxko’rsatkichlar shablonlarini boshqa do’konlar bilan baham ko’rishingiz mumkin. Bu barcha savdo nuqtalari uchun yagona uslub va bezakni ta’minlaydi.

  

Narxko’rsatkichlarni qanday chop etish kerak

 1. Yaratilgan narxko’rsatkichni chop etish uchun «Nomenklatura» bo’limiga o’ting, kerakli tovarni tanlang va «Narxko’rsatkichlarni chop etish» tugmasini bosing.

 

 

2. Ochilgan oynada siz kerakli narxko’rsatkich shablonini, sonini va chop etish uchun printerni tanlashingiz mumkin.

Video-yo’riqnoma

Narxko’rsatkichlarni qanday chop etish haqidagi videoni havola orqali tomosha qilish mumkin: https://youtube.com/shorts/5wIcAYvqvzo?feature=share 

Agar sizda narxko’rsatkichlar va yorliqlarni chop etish uchun printer bo’lmasa, uni bizning saytimizda buyurtma qilishingiz mumkin.

Kontaktlaringizni qoldiring va mutaxassisning bepul maslahatini oling


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring