Ushbu maqolada:
Aksiya qanday ishlaydi
Hammasi juda oddiy:
1. Xaridor 500 000 so‘m va undan yuqori summaga mahsulot tanlaydi.
2. Tizim avtomatik ravishda butun chekga 15% chegirmani qo‘llaydi.
Aksiyani qanday sozlash mumkin
1. «Sodiqlik dasturlari» bo‘limiga o‘ting
Yangi dastur yarating va promoaksiya turi sifatida Chegirma (shart bo‘yicha) ni tanlang.

2. Asosiy parametrlarni to‘ldiring
- Aksiya nomi
- Boshlanish va tugash sanalari
- Faol (Aktiv) belgisini qo‘ying
- Amal qilish vaqti va ustuvorlikni belgilang

3. Chegirmani qo‘llash bo‘yicha umumiy sozlamalarni belgilang
- Agar mahsulotda avvaldan boshqa chegirma bo‘lsa, qanday harakat qilishni tanlang:
(Qo‘shish / Almashtirish / Qo‘llamaslik) - «Chegirmani qo‘llash tartibi» maydonini to‘ldirish shart emas

4. Aksiya shartlarini belgilang
Quyidagilarni sozlang:
- Chegirma: butun chekga 15%
- Shart: Chek summasi ≥ 500 000
(Chegirmali yoki chegirmasiz summa bo‘yicha hisoblashni o‘z ish mantiqingizga qarab tanlang)

5. Amal qilish hududini belgilang
- Aksiya qaysi omborlar/do‘konlarda amal qilishini tanlang

6. REGOS: POS kassada tekshirish
Sozlash tugagach, hammasi avtomatik ishlaydi:
Agar kassir 500 000 so‘m yoki undan yuqori summaga chek urib bersa, tizim avtomatik ravishda 15% chegirmani qo‘llaydi.

Xulosa
Chek summasi 500 000 so‘mdan boshlab 15% chegirma beriladigan aksiya — o‘rtacha chek miqdorini oshirish va xaridorlarni rag‘batlantirishning samarali usuli. REGOS servisida bu aksiyani sozlash juda oson va tizim kassada chegirmani avtomatik qo‘llab, do‘kon ham, mijoz uchun ham qulaylik yaratadi.