Payshanba kunlari yangi va muzlatilgan baliqlarga 10% chegirma qanday o'rnatiladi

Payshanba kunlari yangi va muzlatilgan baliqlarga 10% chegirma qanday o'rnatiladi

REGOS dasturi haftaning belgilangan kunlarida ma'lum mahsulot toifalariga amal qiladigan promoaksiyalarni o'rnatish imkonini beradi. Keling, payshanba kunlari yangi va muzlatilgan baliqlarga 10% chegirma o'rnatish mumkin bo'lgan aksiyani sozlashni ko'rib chiqaylik.

Ushbu maqolada:

  1. Nima uchun alohida mahsulot toifalariga chegirmalar o'rnatilishi kerak?
  2. Yangi va muzlatilgan baliqlarga 10% chegirma qanday o'rnatiladi
  3. Imkoniyatlar

Nima uchun alohida mahsulot toifalariga chegirmalar o'rnatilishi kerak?

Promoaksiyalar har doim mijozlardagi talabni rag'batlantiradi. Mahsulotlarning ma’lum toifalariga chegirmalar o'rnatish orqali xaridorni sizning do'koningizdagi mahsulotlarni sotib olish uchun qiziqtirishingiz mumkin. Shunday qilib, siz mijozlarning sodiqligini oshirishingiz va do'kondagi o'rtacha chekni oshirishingiz mumkin.

REGOS dasturida chegirmani belgilangan kunlarda mahsulotlarning ma'lum bir toifasiga amal qilishi uchun sozlashingiz mumkin. Payshanba "baliq kuni" deb hisoblanganligi sababli, baliq toifasiga 10% chegirma belgilash mumkin, va u faqat payshanba kunlari faol bo'ladi. Bunda, konservalangan baliqlarni aksiyadan chiqarib tashlash mumkin. Shunday qilib, 10% chegirma faqat payshanba kunlari faol bo’ladi va yangi va muzlatilgan baliqlar uchun amal qiladi.

 

Yangi va muzlatilgan baliqlarga 10% chegirma qanday o'rnatiladi

1. Aksiya yaratish:

  • "Sodiqlik dasturlari" bo'limiga kiring.

  

  • Promoaksiya turini “Davriy chegirma” sifatida belgilab, yangi sodiqlik dasturini yarating. Promoaksiya nomini yozing va u amal qiladigan hafta kunlarini ko'rsating. Bizning holatimizda faqat payshanba kunini ko'rsatamiz.

 



2. Chegirma miqdorini ko'rsatish:

  • Yaratilgan promoaksiyada 10% chegirma miqdorini ko'rsating.

 

3. Mahsulot toifasini sozlash:

  • "Nomenklatura" bo'limiga o'ting va ikkita mahsulot guruhini yarating: "Yangi baliq" va "Muzlatilgan baliq".

 

  • Konservalangan baliq uchun istisnolarni ko’rsating. Nomenklaturani tanlash oynasida "Konservalangan baliq" guruhini, so'ngra "Hammasini tanlash" va "Tanlash" tugmalarini tanlang va "Hujjatga ko'chirish" tugmasi yordamida tanlangan pozitsiyalarni istisnolarga o'tkazing.

 

 

Promoaksiya yaratildi! Endi har payshanba kuni yangi va muzlatilgan baliqlarni 10% chegirma bilan sotishingiz mumkin.

Imkoniyatlar

Ushbu aksiyani biznes talablariga ko’ra har doim optimallashtirilishi mumkin. Misol uchun, aksiya barcha baliq mahsulotlariga amal qilishi uchun chegirmalarga konservalangan baliqni qo'shish mumkin. Yoki aksincha, agar katta hajmda zaxira qolgan bo’lsa va uning yaroqlilik muddati tugashidan oldin sotish kerak bo'lsa, faqat baliqning ma'lum bir turi uchun chegirma o'rnatish mumkin.

REGOS dasturi ordamida, biznesingizni rivojlantirishga, mijozlarning sodiqligini oshirishga va do'kondagi o'rtacha chekni oshirishga yordam beradigan turli xil aksiyalarni o'rnatishingiz mumkin.

Hujjatlarga havola

Kontaktlaringizni qoldiring va mutaxassisning bepul maslahatini oling


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring