Alkogol va tamaki mahsulotlari do‘koni uchun maxsus dastur

Alkogol va tamaki mahsulotlari do‘koni uchun maxsus dastur

O‘zbekiston Respublikasida ba’zi tovarlar uchun, jumladan alkogol va tamaki mahsulotlari uchun, majburiy markirovka talab etiladi. “REGOS” yoki EasyTrade kabi dasturiy ta’minotlari orqali ushbu turdagi mahsulotlarni sotish jarayonini oson va qulay boshqarishingiz mumkin. 

Kichik bozor do‘koni bo‘ladimi, ulgurji savdo yoki keng tarmoqli do‘konlar zanjiri bo‘ladimi, biz Sizga mos keladigan dasturiy yechimlar va zarur POS-uskunalarini tanlashda yordam beramiz. 

Tamaki mahsulotlari odatda blokli qadoqlar shaklida omborga yetkaziladi va har bir mahsulotni alohida skanerlashning o‘rniga, siz faqatgina mahsulot blokini skanerlashingiz mumkin. Buning natijasida, dastur avtomatik ravishda kerakli mahsulot miqdorini hisobga oladi.

 

Kichik tamaki mahsulotlari savdo nuqtalari uchun yechim

Tamaki mahsulotlariga ixtisoslashgan kichik savdo nuqtalari “REGOS: Online” dasturiy yechimidan foydalanib, istalgan qurilmadan — kompyuter, telefon yoki planshet orqali — sotuvlarni oson hisobga olish imkoniyatiga ega bo’ling. Ushbu dasturiy yechim yordamida, sotuvlar hisobi bilan birga, mahsulotlar qoldig’i nazorati va to‘liq ma’lumotlar tahlilini amalga oshirishingiz mumkin.

REGOS yordamida o‘z biznesingizni rivojlantiring!

Kontaktlaringizni qoldiring va mutaxassisning bepul maslahatini oling


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring