Avans va kredit bo’yicha to’lovlar nima va ular bilan qanday ishlash kerak

Avans va kredit bo’yicha to’lovlar nima va ular bilan qanday ishlash kerak

Bu maqolada biz avans va kredit to’lovlari nima ekanligini, shuningdek, ikkala savdo turini qanday qilib to’g’ri amalga oshirishni ko’rib chiqamiz.

Ushbu maqolada:

  1. Avans to’lovlarining hisob-kitoblarida cheklarni qanday qilib to’g’ri urish kerak
  2. Kredit (bo`lib-bo`lib to`lash) bo`yicha hisob-kitoblarda cheklarni qanday urish kerak
  3. Avans to’lovlari yoki bo’lib-bo’lib to’lash uchun "Sotish" to’lov turi bilan cheklarni qanday kuzatib borish mumkin
  4. Avans va kreditni to’lash bo`yicha cheklarni qanday kuzatib borish mumkin

Avans to’lovlarining hisob-kitoblarida cheklarni qanday qilib to’g’ri urish kerak

Avans to’lovlarida xaridor tovar yoki xizmatni faqat to’liq to’lovidan keyin oladi. Onlayn NKM (nazorat-kassa mashinasi) cheklari bilan ishlash tartibi quyidagicha:

  1. Avans olgandan so’ng, sotuvchi "Avans/Oldindan to’lov" to’lov turi bilan kassa chekini berishga majbur. Chek hozirgi vaqtda olingan summa (tovar yoki xizmat qiymatining bir qismi) uchun beriladi.

Ushbu chekda QR kodi va fiskal belgi shakllantirilmaydi va u to’g’risidagi ma’lumotlar soliq hisobotida hisobga olinmaydi.

  1. Soliq kodeksining 242-moddasiga muvofiq "Sotish" to’lov turi bilan chek mahsulot yoki xizmat amalda sotilganda urilishi kerak.
  2. Tovar topshirilganda yoki xizmat ko’rsatilganda va yakuniy to’lov qabul qilinganda, sotuvchi tovar yoki xizmatning to’liq qiymatiga "Sotish" to’lov turi bilan kassa chekini berishi kerak. Ushbu chek QR kodini va fiskal belgini o’z ichiga oladi va u haqidagi ma’lumotlar QQS hisobotiga kiritiladi.

Kredit (bo`lib-bo`lib to`lash) bo`yicha hisob-kitoblarda cheklarni qanday urish kerak

Tovarlarni bo’lib-bo’lib to`lashga (kredit) sotishda xaridor uni  darhol oladi, cheklar bilan ishlash tartibi esa quyidagicha:

  1. Tovarni topshirilgandan yoki xizmat ko’rsatilgandan so’ng sotuvchi darhol tovar yoki xizmatning to’liq qiymatiga" Sotish" to’lov turi bilan kassa chekini beradi.

Chek QR kodni va fiskal belgini o’z ichiga oladi va ma’lumotlar avtomatik ravishda QQS hisobotiga tushadi.

  • Qarzni to’lash bo`yicha xaridorning har bir keyingi to’lovi uchun sotuvchi olingan to’lov miqdoridagi "Bo’lib-bo’lib to`lash" ("Kredit") to’lov turi bilan kassa chekini berishga majburdir.

Ushbu cheklarda QR kodi va fiskal belgi shakllantirilmaydi va ma’lumotlar soliq hisobotiga kiritilmaydi.

Avans to’lovlari yoki bo’lib-bo’lib to’lash uchun "Sotish" to’lov turi bilan cheklarni qanday kuzatib borish mumkin

"Sotish" to’lov turi bilan cheklar haqida ma’lumotni my3.soliq.uz saytida "Yuridik shaxslarning onlayn nazorat-kassa texnikasi to’g’risida ma’lumot" xizmatidan foydalanib topish mumkin.

Kerakli chekni topish uchun quyidagi amallarni bajarish kerak:

  1. "Chek haqida ma’lumot" menyusida onlayn NKM turini, "Sotish" chek turini tanlang;
  2. Onlayn NKT fiskal modulining raqamini va chek berilgan davrni ko’rsating;
  3. Ko`rsatilgan davrda “Sotish" turidagi barcha cheklarni ko’rsatish uchun "Qidirish" tugmasini bosing.

"Sotish" turidagi cheklar tanitadigan farqlarga ega emas, shuning uchun kerakli chekni mahsulot va uning qiymati to’g’risida sizga ma’lum bo’lgan ma’lumotlarga qarab izlash kerak. Ma’lumotlar tovarlarni qabul qilish va sotish bo’yicha hisobotlarda ham mavjud.

Avans va kreditni to’lash bo`yicha cheklarni qanday kuzatib borish mumkin

Avans to’lovlari va kredit to’lovlari bo`yicha cheklarni my3.soliq.uz.-da ham topish mumkin.

Kerakli chekni topish uchun siz quyidagi amallarni bajarishingiz kerak bo’ladi:

  1. “Xizmatlar” bo`limida "Yuridik shaxslarning onlayn nazorat-kassa texnikasi to’g’risida ma’lumot"-ni tanlang;
  2. "Chek haqida ma’lumot" menyusida "Avans" yoki "Kredit" chek turini ko’rsating;
  3. Onlayn-NKT fiskal modulining raqamini va vaqtini ko’rsating;
  4. Belgilangan davr uchun cheklarni ko’rsatish uchun "Qidirish" tugmasini bosing.

Agar "Sotish", "Avans" yoki "Kredit" to’lov turlari bilan cheklar bitta shartnoma bo’yicha chiqarilgan bo’lsa, lekin my3.soliq.uz – da bog’liq bo’lmasa, ularni qo’lda qidirishingizga to`g`ri keladi. Onlayn-NKM va virtual kassalarning ba’zi modellarida mijoz bilan ma’lum bir shartnoma bo’yicha hisob-kitoblarning hisobini olib borishga yordam beradigan funksiyalar mavjud.

Agar sizda hali virtual kassa o’rnatilmagan bo’lsa, unda siz bizning mahsulot sahifamizga o’tishingiz va o`zingizning do’koningiz uchun joriy etishni buyurtma qilishingiz mumkin.

 

Kontaktlaringizni qoldiring va mutaxassisning bepul maslahatini oling


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring