• Aziz do`stlar!
    Biz Aprel oyida juda yaxshi ishladik va sizga shuni mamnuniyat bilan ma`lum qilamizki, bizning texnik yordam bo`limimiz yanada yaxshi va tezroq bo`ldi!

    Biz kompaniya ichidagi ichki jarayonlarni optimizatsiya qildik va quyidagi vazifalarni bajardik:

    1. Yangi qulay regos.uz saytni ishga tushirdik, bu erda siz bizning barcha kontaktlarimizni va hamkorlarimiz kontaktlarini topasiz.

    2. Regos.uz va easytrade.uz saytlarimizda onlayn chatni ishga tushurdik. Ushbu chatda operatorlarimiz bizning mahsulotlarimiz haqidagi har qanday savolingizga javob beradi.

    3. @regos_uzbot telegram bot qo`llab-quvvatlash xizmatini ishga tushirdik. Siz endi barcha texnik savollaringizni botga yo`naltirishingiz mumkin. Operatorlarimiz sizning muammoingizni tezroq hal qilishadi.

    4. Va eng muhimi, biz xizmat ko`rsatish sifatini oshirish uchun yagona Call-markazini ishga tushirdik:

    +998 55 501 00 30

    Bizning dasturlarimiz bilan ishlash bo`yicha har qanday savollaringiz bo`lsa, siz uchun qulay bo`lgan har qanday aloqa kanallaridan foydalangan holda biz bilan bog`laning! Sizni ko`rganimizdan har doim mamnunmiz!

  • Hurmatli foydalanuvchilar!

    Sizga "Regos" servisida tizimga kirish tartibidagi muhim o’zgarish haqida xabar beramiz.

    Sizning qulayligingiz uchun biz login va parol kiritish orqali tizimga kirish usulidan zamonaviyroq va xavfsizroq bo’lgan, sizning telefon raqamingizga asoslangan usulga o’tdik. Endilikda tizimga kirish uchun siz o’z telefon raqamingizdan foydalanishingiz kerak bo’ladi.
    Bundan tashqari, biz yuklamani tahlil qilish, to’lovlar tarixini ko’rish va oyma-oy abonent to’lovini to’lash imkoniyatlarini yaxshilagan holda, billing bo’limiga ma’lum bir o’zgartirishlar kiritdik. Bu barcha funksiyalar REGOS: Online shaxsiy kabinetining yon menyusida mavjud.

    Bu o’zgarishlar bizning web-ilovamizdan foydalanish jarayonini yanada qulay qilishiga ishonchimiz komil.


    Agar siz Regos:Strore Management yoki Regos: Online tizimlariga kira olmayotgan bo’lsangiz va sizda “Noto’g’ri login yoki parol” xatoligi chiqayotgan bo’lsa, u holda siz parolni tiklash amaliyotini bajarishingiz kerak bo’ladi.

    Buning uchun bu (ссылка):
    https://regos.online/uz/reset_password
    havolaga o’tib, telefon raqamingizni kiritib, “Parolni o’zgartirish” ni bosing.

    Parolni o’zgartirganingizdan keyin siz Regos:Strore Management yoki Regos: Online tizimiga telefon raqamingiz orqali kirishingiz mumkin.

    Agar sizda biron-bir savollaringiz qolgan bo’lsa, iltimos, bizning qo’llab-quvvatlash xizmatimizga murojaat eting. @regos_uzbot

    Hurmat ila,
    REGOS Software.

  • REGOS Software kompaniyasi jadal sur’atlarda rivojlanayapti va ulgurji va chakana savdoni avtomatlashtirish uchun mo’ljallangan dasturiy ta’minotini yaxshilayapti.

    Mamnuniyat bilan bizning yangi web-dasturimiz – REGOS:Online ni tanishtiramiz.

    https://regos.online

    Endilikda bu dasturda erkin royxatdan o’tish mumkin!

    Tizimga kirish sizga qulay bo’lgan brauzer orqali amalga oshiriladi. Bunda siz royxatdan o’zingiz mustaqil o’tasiz. Dasturning asosiy versiyasi do’kon hisobini olib borishning quyidagi asosiy funksiyalarini amalga oshiradi:

    • Savdoni royxatga olish;
    • Nomenklatura va pudratchilar ma’lumotnomalari bilan ishlash;
    • Narx o’rnatish, omborni boshqarish va mahsulot sotib olish;
    • Chakana savdo;
    • Kassa bo’yicha hisobot va chakana savdoni ko’rib chiqish.

    Bizning dasturiy ta’minot sanab o’tilgan funksiyalar bilan cheklanib qolmagan, agar sizga ko’proq funksiyalar va imkoniyatlar kerak bo’lsa siz hamisha biz bilan bog’lanishingiz mumkin.

    Biz web-dasturimizning bepul sinov turini 3 kunga, hamda 7 kun ichida to’lov qilish imkonini taklif qilamiz. 

    Bizning dasturiy ta’minot tijoratni avtomatlashtirishda va ish samaradorligini oshirishda sizga yordam berishiga aminmiz.

    Sizni bizning mamnun mijozlarimiz qatorida ko’rishdan xursand bo’lamiz.

    Hurmat ila,
    REGOS Software.

  •  Foydalanuvchilar uchun chegirmalarni joriy qilganimizni mamnuniyat bilan ma’lum qilamiz!

    Bu bizning mahsulotlarga yanada qulay narxlarda ega bo’lishga ajoyib imkoniyat. Shu bilan birga bizning REGOS servisimizga o’tishni istagan boshqa dasturiy ta’minot foydalanuvchilariga maxsus chegirma taklif qilamiz. 

    Biz foydalanuvchilarimizni qadrlaymiz va mahsulotimizni iloji boricha ko’proq insonlar imkoni yetadigan qilmoqdamiz.

     Chegirmalar miqdori EasyTrade dasturiy ta’minotining mavjudligi va ishlayotganligi sharti bilan dastur o’rnatilgan sanadan o’tgan vaqtga bog’liq:

    30 kungacha chegirma 50%
    30 kundan 90 kungacha chegirma 35%
    90 kundan 180 kungacha chegirma 20%
    180 kundan oshgan bo’lsa chegirma 10%.

    Savdoni avtomatlashtirish boshqa dasturiy ta’minoti foydalanuvchilariga, chegirma miqdori qo’shimcha xizmatlar narxining 10% ni tashkil etadi.

     Chegirma faqat qo’shimcha xizmatlar uchun va tariflar narxiga amal qilmaydi. Aksiya muddati 01.05.2023 yil sanadan 31.12.2023 yil sanagacha chegaralangan.

  • Versiyaning asosiy yangiliklari:

    1. Markirovkani skanerlash orqali markirovkalangan mahsulotni sotish;
    2. Sotilgan nomenklaturani fiscal chekning QR kodi yordamida qaytarish.

    O`zgarishlarning to`liq ro`yxatini o`zgarishlar sahifasida topishingiz mumkin:  https://easytrade.uz/change

    ✅ Dasturning yangi versiyasini quyidagi havoladan yuklab olish mumkin: https://easytrade.uz/download

    Dastur sayti: https://easytrade.uz 

Aloqa