Bolalar mahsulotlari do‘koni uchun dastur
Bolalar mahsulotlari do‘konlari odatda juda keng assortimentga ega bo‘lib, bolalar kiyimi, o‘yinchoqlar, gigiyena vositalari va bolalar uchun oziq-ovqat mahsulotlarini o‘z ichiga oladi. Bu kabi do‘konlarni samarali boshqarish uchun moslashuvchan tizim zarur. “REGOS” hamda EasyTrade xizmatlari ana shunday yechimlarni taqdim etadi.
Bizning dasturiy ta’minotimiz orqali siz:
- Sotuvlarni to‘liq hisobga olishingiz;
- Kassa operatsiyalarini aniq boshqarishingiz;
- Ombordagi qoldiqlarni kuzatib borishingiz va mahsulotlarning muddati o‘tib ketishini oldini olishingiz (bolalar oziq-ovqatida bu juda muhim);
- Sotuvlar bo‘yicha tahlillarni olib borishingiz;
- Ma’lumotlarga asoslangan marketing kampaniyalarini amalga oshirishingiz mumkin.
Shuningdek, sotuvlarni avtomatlashtirishdan tashqari, biz sizning biznesingiz ehtiyojlariga javob beradigan POS-uskunalarni tanlashda yordam beramiz. Agar siz biznesingizni kengaytirib, onlayn maydonga kirishni rejalashtirayotgan bo‘lsangiz, biz Sizga veb-saytingiz bilan integratsiya qilishda yordam beramiz, bu orqali mahsulot zaxiralari va narxlari doim yangilanib boradi.
REGOS Software bilan o‘z biznesingizni rivojlantiring!